O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Energetika vaziri Yaponiya elchisi bilan uchrashuv o‘tkazdi

2021-08-26 | Siyosat

Energetika vaziri Alisher Sultanov va Yaponiyaning O‘zbekistondagi elchisi Yoshinori Fudjiyama bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston-Yaponiya o‘rtasida energetika sohasidagi hamkorlikning hozirgi holati va istiqbollari, jumladan, qayta tiklanuvchi energetika sohasidagi loyihalar, Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) tomonidan ushbu yo‘nalishda qo‘llab-quvvatlash imkoniyatlari muhokama qilindi.
 
Yaponiya elchisiga yaqinda O‘zbekiston energetika sohasida amalga oshirilgan islohotlar, mamlakat hukumati tomonidan Energetika vazirligi huzurida Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy ilmiy-tadqiqot instituti va ushbu tadqiqot instituti tuzilmasida Vodorod energetikasi ilmiy-tadqiqot markazini tashkil etishga qaratilayotgan e'tibor haqida ma'lumot berildi.
 
Muzokaralar davomida tomonlar O‘zbekiston Energetika vazirligi bilan elektr energiyasini saqlash va tarmoqlarni barqarorlashtirish kabi istiqbolli sohalarda hamkorlik qilish uchun nufuzli yapon ekspertlarini jalb qilish imkoniyatlarini muhokama qilishdi.
 
Uchrashuv davomida elchi Yoshinori Fudjiyama A.Sultanovni joriy yilning 4-oktyabrida rejalashtirilayotgan Yashil o‘sish bo‘yicha Osiyo hamkorligi mamlakatlari vazirlarining birinchi onlayn uchrashuvida ishtirok etishga taklif qildi.
 
Ushbu uchrashuvda iqlim o‘zgarishi muammosini hal etishning dolzarb zarurati sharoitida global dekarbonizasiyani amalga oshirish uchun muhim va dolzarb bo‘lgan Osiyo mamlakatlarida pragmatik energiyaga o‘tish masalalari muhokama qilinadi.

Manba: Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi

Поделиться