O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Islom taraqqiyot banki Boshqaruvchilar Kengashining yillik yig'ilishiga tayyorgarlik ko'rish ustuvor vazifalar sirasiga kiradi
2021-08-24 | Iqtisodiyot
Islom taraqqiyot banki (ITB) Boshqaruvchilar Kengashining Yillik anjumaniga tayyorgarlik ko'rish bo'yicha Tashkiliy qo'mita yig'ilishi bo'lib o'tdi. Yig'ilish O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o'rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri, O'zbekiston tomonidan ITB Boshqaruvchisi S.Umurzakov rahbarligida o'tkazildi.
Yig'ilish davomida anjumanga tayyorgarlik ko'rish bo'yicha chora-tadbirlarning amalga oshirilishi ko'rib chiqildi – Tashkiliy qo'mitaning tegishli kichik ishchi guruhlari rahbarlari bajarilgan ishlar yuzasidan hisobot va turli yo'nalishlarda tashkiliy masalalarni hal etishning bugungi holati haqida ma'lumot berdilar.
Mamlakatimizning xalqaro maydondagi imijini mustahkamlash, ITB Guruhi va boshqa rivojlanish hamkorlari bilan munosabatlarni yanada chuqurlashtirish nuqtai nazaridan tadbirni yuqori tashkiliy va mazmun jihatidan yuqori saviyada o'tkazish muhimligi ta'kidlandi.
Tadbir ishtirokchilari va mehmonlarining xavfsizligini ta'minlash maqsadida ko'zda tutilgan barcha sanitariya-epidemiologiya tadbirlariga rioya etish zarurligi alohida ta'kidlandi.
Shuningdek, uchrashuv davomida hal etilishi tegishli vazirlik va idoralarning o'zaro muvofiqlashtirilgan hamkorligini talab etuvchi bir qator masalalar ko'rib chiqildi. Ularni muhokama etish davomida o'zaro hamkorlik algoritmlari ishlab chiqildi va mas'ul rahbarlarga manzilli ko'rsatmalar berildi.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi