O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston va Bangladesh o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi

2021-09-07 | Iqtisodiyot

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzoqov Bangladesh Xalq Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi Salmon Fazlur Rahmon bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muzokaralar chog‘ida investitsiyaviy, savdo-iqtisodiy, sanoat, madaniy-gumanitar sohalardagi ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalari atroflicha muhokama qilindi.
 
Ikki mamlakat hududida qo‘shma korxonalar tashkil etish orqali qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik, charm-poyabzal va farmasevtika kabi sohalarda sanoat hamkorligini yo‘lga qo‘yish uchun ikkala mamlakat yetarli shart-sharoitlarga ega ekanligi ma'lum qilindi. Sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqish va tasdiqlash to‘g‘risida kelishuvga erishildi.
 
Tomonlarni qiziqtirgan masalalarni tezkor hal etish mexanizmini yaratish uchun hukumatlararo muloqotni yanada faollashtirish zarurligi qayd etildi. Shu munosabat bilan, O‘zbekiston Respublikasi va Bangladesh Xalq Respublikasi o‘rtasida Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yig‘ilishini tashkil etish va uning kun tartibini aniq taklif va loyihalar bilan boyitish bo‘yicha birgalikda ish olib borishga kelishildi.
 
Xorijiy tomon o‘zaro turistik oqimlarni jumladan, “zierat turizmi”ni rivojlantirish hisobiga oshirishga bo‘lgan qiziqishini qayd etdi. Ta'lim sohasidagi hamkorlikni kengaytirish istiqbollari ham ko‘rib chiqildi – “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universiteti (Samarqand) va “Jahangir Nagar” universiteti (Dakka) o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha yakdil qarorga kelindi.
 
Uchrashuv yakunida ko‘rib chiqilgan hamkorlik sohalarini rag‘batlantirish va amalda joriy etish bo‘yicha qo‘shma ishchi guruh tuzishga kelishildi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Поделиться