O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Biznes masalalariga bag‘ishlangan O‘zbekiston-Evropa davra suhbati bo‘lib o‘tdi

2021-09-07 | Iqtisodiyot

Gibrid shaklida Yevropa biznes assosiasiyasi (“AEV”), Yevropa-O‘zbekiston iqtisodiy hamkorlik assosiasiyasi (“EuroUz”) hamda O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan tashkil etilgan “EI-O‘zbekiston” Birinchi biznes davra suhbati o‘tkazildi.

Tadbir O‘zbekiston va Yevropa davlatlari o‘rtasida barqaror rivojlanishning yangi nuqtalarini topish va investitsiya, savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish yuzasidan fikr, g‘oya va takliflar almashish uchun maydonchaga aylandi.
 
Davra suhbatida Bosh vazir o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri, “EI-O‘zbekiston” Ishbilarmonlar Kengashi hamraisi S.Umurzakov, “AEV” Boshqaruv Kengashi raisi Yoxan Vanderplaetse, “Mangold Consulting” kompaniyasi raisi – “EI-O‘zbekiston” Ishbilarmonlar Kengashi hamraisi K.Mangold, Yevropa tashqi harakatlar xizmatining Rossiya, Sharqiy hamkorlik mamlakatlari va Markaziy Osiyo bo‘yicha direktori L.Devin, shuningdek Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar jamg‘armasi boshqaruvi, “Schneider Electric” (Germaniya), “Siemens Energy” (Germaniya), “Beeline Uzbekistan”, “Pietro Fiorentini” (Italiya), “SACE” va boshqa tadbirkorlar ishtirok etdi.
 
Ishtirokchilar o‘z so‘zlarida Yevropaning qator yirik kompaniyalarining O‘zbekistonda yuqori texnologik loyihalarni amalga oshirayotgan tajribasini qayd etdilar. Ishbilarmon doiralarining roli so‘nggi bir necha yil ichida munosabatlari sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarilgan O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi davlatlari o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlaydigan kuch sifatida alohida ta'kidlandi.
 
O‘zbekiston tomoni forum ishtirokchilariga mamlakatimizda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, jumladan, iqtisodiyotning barcha sohalarida bozor tamoyillariga o‘tish, sog‘lom raqobatni rivojlantirish, korrupsiyaga faol qarshi kurashishni rag‘batlantirish hamda davlat aktivlari, korxona va banklarni keng miqyosda xususiylashtirish borasidagi ishlarning asosiy yo‘nalishlari haqida ma'lumot berdi.
 
Ta'kidlandiki, bu yil O‘zbekiston tarixida birinchi marta Davlat rahbarining tadbirkorlar va investorlar bilan ochiq muloqoti o‘tkazildi, uning yakunlari bo‘yicha tadbirkorlarning tizimli muammolarini hal etish hamda mamlakatdagi investitsiya va ishbilarmonlik muhitini yaxshilashga qaratilgan qator tashabbuslar qabul qilindi.
 
Energetika, neft'-gaz, tog‘ – kon tarmoqlari, qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik, charm-poyabzal, farmasevtika sanoati, shuningdek, qurilish materiallari ishlab chiqarish sohalari ishbilarmonlar o‘rtasidagi hamkorlik qilish nuqtai nazaridan eng istiqbolli tarmoqlar sifatida belgilandi.
 
Tadbir yakunida Yevropa biznesi assosiasiyasi va Yevropa-O‘zbekiston iqtisodiy hamkorlik assosiasiyasi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi. Bitim O‘zbekiston Respublikasi hududida savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy hamkorlik samaradorligini oshirish, xorijiy investorlarni jalb etish va himoya qilish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish hamda investitsiya loyihalarini amalga oshirishga qaratilgan.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Поделиться