O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Saudiya Arabistoni Podshohligi moliya vaziri Muhammad bin Abdulla al-Jadaan bilan uchrashuv

2021-09-07 | Siyosat

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vaziri Timur Ishmetov Saudiya Arabistoni Podshohligi moliya vaziri Muhammad bin Abdulla al-Jadaan bilan uchrashdi.

Muhammad bin Abdulla al-Jadaan tomonidan ikki mamlakatda ham, davlat rahbarlarining kuchli siyosiy irodasi natijasida, so‘nggi 5 yil davomida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilgani va ko‘plap sohalarda ijobiy o‘zgarishlarga erishilgani alohida qayd etildi.

Uchrashuv chog‘ida, tomonlar Saudiya Arabistoni va O‘zbekistonda ushbu yillar davomida ijtimoiy, davlat moliyasini boshqarish, soliq-bojxona siyosati va davlat korxonalarini isloh qilish sohalaridagi tadbirlar yuzasidan fikr almashib, mavjud va yangi yo‘nalishlar doirasida o‘zaro hamkorlikni kengaytirishga kelishib oldilar.

Manba: O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Mоliya vаzirligi

Поделиться