O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Iqtisodiyot
Prezident Xivadagi sanoat korxonasini borib ko‘rdi 23.09.2021IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-saytiPrezident Shavkat Mirziyoyev Xiva gilam kombinati faoliyati bilan tanishdi. |
O‘zbekiston energetikasi: bozor munosabatlariga o‘tish va energiya ishlab chiqarishni oshirish 22.09.2021IqtisodiyotManba: Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi2030-yilga borib O‘zbekiston bugungidan ko‘ra 2 barobar ko‘proq elektr energiyasi ishlab chiqarishi zarur. Shu tarzdagina iqtisodiyot va aholi ehtiyojlarini qanoatlantirish, boshqacha aytganda, mamlakat energiya xavfsizligini taʼminlash mumkin. Mazkur maqsadga erishish uchun esa O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi tomonidan keng ko‘lamli loyihalar bosqichma-bosqich amalga oshirilib, sohani bozor munosabatlariga o‘tkazish uchun isloh etish jarayonlari muvofiqlashtirilmoqda.
|
O‘zbekiston mintaqaning samarali tranzit markaziga aylanishi mumkin 21.09.2021IqtisodiyotManba: O'zAToshkent shahrida 21-sentabr kuni «Rossiya va O‘zbekiston hamkorligining yangi tarixiy bosqichidagi taraqqiyot va xavfsizlik tahdidlari» mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi. |
21.09.2021IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi 20-sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzoqov Turkiy tilli davlatlar hamkorlik Kengashi (TTDHK) doirasida “IDEA – Yosh tadbirkorlar forumi”ning ochilish marosimida ishtirok etdi. |
Buyuk Britaniya qurolli kuchlari davlat vaziri bilan uchrashuv 21.09.2021SiyosatManba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi2021-yil 21-sentabr kuni O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Buyuk Britaniya mudofaa vazirining parlamentar o'rinbosari, Qurolli kuchlari davlat vaziri, Jeyms Hippini qabul qildi. |
Oʻzbekiston Global innovatsion indeks reytingida 7 pogʻona koʻtarildi 21.09.2021InnovatsiyaManba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi20-sentyabr kuni AQSHning Kornel universiteti, Fransiyaning Insead biznes maktabi va Butunjahon intellektual mulk tashkiloti Global innovatsion indeks reytingini eʼlon qildi. Oʻzbekiston Global innovatsion indeks reytingida 132 davlat orasida 86-oʻrinni egalladi. Bundan avval mamlakatimiz reytingda 2020-yil 93-oʻrin va 2015-yilda 122 oʻrinlarni egallagan edi. |
Prezident bunyodkorlik loyihalari bilan tanishdi 20.09.2021SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-saytiPrezident Shavkat Mirziyoyev 20-sentabr kuni ta’lim, madaniyat va tibbiyot sohalaridagi bunyodkorlik loyihalari taqdimoti bilan tanishdi. |
Armaniston elchisi bilan uchrashuv 20.09.2021SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiJoriy yilning 17-sentyabrida Iqtisodiy taraqqiyot va kambag’allikni qisqartirish vazirligida Armaniston Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Aram Grigoryan bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. |
Xalqaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi 20.09.2021IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligiBosh vazir o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzoqov videokonferensiya shaklida xalqaro hamkorlikning dolzarb masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi. Uning kun tartibi O‘zbekistonning Shanxay hamkorlik tashkilotiga (ShHT) raisligi bilan bog‘liq vazifalar va bo‘lajak yuqori darajadagi tashriflarga tayyorgarlik ko‘rish masalalarini qamrab oldi. |
Prezident maktablari samaradorligini oshirishga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi 20.09.2021IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligiJoriy yilning 18-sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzoqov rahbarligida videokonferensiya shaklida shu yilning 10- sentyabr kuni Prezident, ijodiy va ixtisoslashtirilgan maktablar samaradorligini oshirish masalasi yuzasidan bo‘lib o‘tgan yig‘ilish davomida Davlatimiz rahbari tomonidan belgilangan vazifalarga muvofiq yig‘ilish o‘tkazildi. |
Yevropa parlamentidagi “Yevropa Ittifoqi – O‘zbekiston” do‘stlik guruhi ishtirokida uchrashuv 17.09.2021SiyosatManba: O'zAMarkaziy saylov komissiyasi raisi o‘rinbosari B.Qo‘chqorovning Yevropa parlamentidagi “Yevropa Ittifoqi – O‘zbekiston” do‘stlik guruhi Bosh kotibi I.Tekdemir bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. |
“TLDCON-2021” Xalqaro konferensiyasi bo‘lib o‘tdi 17.09.2021TexnologiyalarManba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligiJoriy yilning 15-16-sentabr kunlari MDH, Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlarining yuqori daraja milliy domenlarining ma’mur va registratorlarning (ro‘yxatga oluvchilar) “TLDCON-2021” 14-Xalqaro konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. |
17.09.2021IqtisodiyotManba: O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Mоliya vаzirligi ASSA global saytidan olingan ma'lumotga ko‘ra, 2021-yil 15-sentabr holatiga akkreditatsiyadan o‘tgan o‘quv markazlari soni 20 tani tashkil qilmoqda. |
Qoraqalpog‘iston Respublikasida shamol elektr stansiyasi qurilishi uchun investorlar aniqlandi 16.09.2021IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi16-sentabr kuni Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida Qoraqalpog‘iston Respublikasida 100 MVt quvvatga ega shamol elektr stansiyasini qurish bo‘yicha xalqaro tender natijalari e'lon qilindi.
|
16.09.2021SiyosatManba: O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Mоliya vаzirligi Moliya vazirligi Axborot-hisoblash markazi tomonidan “UzASBO” dasturiy majmuasini rivojlantirish va budjet tashkilotlariga zamonaviy texnologik xizmatlarni ko‘rsatish uchun sharoitlar yaratish maqsadida, Axborot-hisoblash markazi va to‘lov xizmatlarini taqdim etuvchi Tashqi iqtisodiy faoliyat “Milliy bank” aksiyadorlik jamiyati o‘rtasida hamkorlik memorandum imzolandi. |
16.09.2021IqtisodiyotManba: O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Mоliya vаzirligi Joriy yilning 15-sentabr kuni Xalqaro moliya korporatsiyasi (IFC) boshqaruvchi direktori Maxtar Diopning O‘zbekistonga tashrifi doirasida Moliya vazirligida Bosh vazir o‘rinbosari – Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri Jamshid Qo‘chqorov, Moliya vaziri Timur Ishmetov va Energetika vaziri o‘rinbosari Sherzod Xo‘jayev hamda bir qator vazirlik va idoralar, xususiy sektor va xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirokida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. |
16.09.2021IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi o‘rinbosari L.Kudratov Buyuk Britaniyaning Janubiy Osiyo va Hamdo‘stlik ishlari bo‘yicha davlat vaziri Lord Tarik Ahmad bilan uchrashdi. |
Innovatsion rivojlanish vaziri Tatariston Prezidenti bilan uchrashdi 16.09.2021SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi15-sentyabr kuni Rossiya Federatsiyasining Qozon shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov Tatariston Prezidenti Rustam Minnixanov bilan uchrashdi. Uchrashuv Qozon shahrining Kremlida boʻlib oʻtdi. |