O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Yurtimizdagi oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish sanoati
2021-08-26 | Iqtisodiyot
Respublikada 2021- yilning yanvar-iyun oylari davomida jami faoliyat yuritayotgan 20 236 ta oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish sanoati korxonalari tomonidan 21 885,8 mlrd. so‘m qiymatga teng bo‘lgan mahsulotlar ishlab chiqarildi.
Tarmoqning 2020- yilning yanvar-iyun oylariga nisbatan fizik hajm indeksi 105,0 % ni tashkil etdi.
Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish sanoati korxonalari tomonidan respublika miqyosida ishlab chiqarilgan mahsulotlarning jami hajmida eng yuqori ulush Toshkent shahar 15,6 % (2 972 ta oziq-ovqat sanoati korxonalari tomonidan), Toshkent viloyati 12,7 % (2 144 ta), hamda Samarqand viloyati 11,2 % (2 046 ta) hissasiga to‘g‘ri keldi.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi