O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Jamiyat

Prezident tashrif buyurgan “Shodiyona” mahallasidagi mavjud muammolar o‘rganildi

06.02.2021JamiyatManba: O‘zbekiston Respublikasi mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi

Ma'lumki, joriy yilning 4-5 fevral kunlari Davlatimiz rahbarining Farg‘ona viloyatiga tashrifi davomida Farg‘ona shahridagi “Shodiyona” mahalla fuqarolar yig‘inida aholi bilan suhbat o‘tkazgan edi.

Adliya vaziri Farg‘ona viloyati yuridik texnikumi o‘quvchi yoshlari bilan uchrashdi

05.02.2021YoshlarManba: O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi
Adliya vaziri R. Davletov joriy yil 4-fevral kuni xizmat safari bilan Farg‘ona viloyatida bo‘lib, safar davomida viloyatdagi tadbirkorlik subyektlarining faoliyati bilan yaqindan tanishish, shuningdek hududiy adliya organlari va tashkilotlari faoliyatida yuzaga kelayotgan muammolarni tahlil qilish maqsad qilingan.

O‘zbekiston Respublikasi aholisi va hududlarini favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish bo‘yicha 2020-yilda bajarilgan tadbirlar yakuni va 2021-yildagi asosiy vazifalar

05.02.2021Xavfsizlik sohasiManba: O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Fаvqulоddа vаziyatlаr vаzirligi

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimining (keyingi o‘rinlarda FVDT) 2020-yildagi asosiy faoliyati favqulodda vaziyatlarning oldini olish, ularni bartaraf etish va yong‘in xavfsizligini ta'minlash sohasida chora-tadbirlarni samarali tashkil etish, aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, FVDT boshqaruv organlari hamda kuch-vositalarining tayyorgarligini oshirish hamda koronavirus infeksiyasi bilan bog‘liq epidemik vaziyatni yaxshilash bo‘yicha tadbirlarga qaratildi.

O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan 2020-yil davomida amalga oshirilgan ishlar haqida MA'LUMOT

03.02.2021JamiyatManba: O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Davlat mehnat inspeksiyasi o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasiga, O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga, O‘zbekiston Respublikasining “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonuniga, O‘zbekiston Respublikasining “Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida”gi qonuniga, O‘zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlariga hamda boshqa qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiradi.

Vazir Rahmat Mamatov Surxondaryo viloyatida aholi muammolarini bartaraf etishga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi

02.02.2021JamiyatManba: O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo’yicha qo’mita

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri Rahmat Mamatov raisligida Surxondaryo viloyati mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasida viloyatning sharoiti og‘ir, ko‘p millatli, olis va chegara hududlaridagi 99 ta qishloq va mahallalarda qurilish va obodonlashtirish ishlarini tashkil etish, aholining turmush tarzini yaxshilash, ularning ijtimoiy muammolarini tizimli bartaraf etish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.

Hindiston bilan huquq sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish borasida tizimli ishlar olib borilmoqda

31.01.2021JamiyatManba: “Dunyo” axborot agentligi

Respublikamizning Dehlidagi elchisi Dilshod Axatov Hindiston advokatlari uyushmasi va Hindiston huquqiy fondi prezidenti, ushbu mamlakat Oliy sudi advokati va “BRICS” huquqiy forumlari tashkilotchisi hamda “LAWASIA” uyushmasi a’zosi  Prashant Kumar bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Vazir Rahmat Mamatovning “Tong yulduzi” mahallasiga tashrifi

30.01.2021JamiyatManba: O‘zbekiston Respublikasi mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri Rahmat Mamatov, Surxondaryo viloyati hamda Muzrabot tumani hokimligi rahbariyati vakillari tumandagi “Tong yulduzi” mahalla fuqarolar yig‘iniga tashrif buyurdi.

Surxondaryoda “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar bandligi ta'minlanmoqda

29.01.2021JamiyatManba: O‘zbekiston Respublikasi mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi
Boysun tumani hokimligida tuman hokimi A. Jo‘rayev rahbarligida “Ayollar daftari”ning yuritilishi, unga kiritilgan xotin-qizlar bilan manzilli ishlash, ehtiyojmand ayollarga ko‘rsatiladigan ijtimoiy yordamlar yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi.

Qo‘mita raisi malaka oshirish o‘quvlarida ishtirok etayotgan imom-xatiblar bilan uchrashdi

29.01.2021JamiyatManba: O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo’yicha qo’mita

Avval xabar berib o‘tganimizdek, shu kunlarda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining bosh imom-xatiblari uchun “Yangi O‘zbekiston – yangicha dunyoqarash” mavzusida malaka oshirish o‘quvlari bo‘lib o‘tmoqda. Ikki haftaga mo‘ljallangan mazkur jarayonda 214 nafar imom-xatib qamrab olinishi rejalashtirilgan.

Gender tenglik masalalariga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etildi

28.01.2021JamiyatManba: Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi

Respublika hayvonlar kasalliklari tashxisi va oziq ovqat mahsulotlari xavfsizligi davlat markazida “Agrar soha ayollari uyushmasi” tomonidan gender masalalariga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.  

O‘zbekiston va Qozog‘iston musulmonlari idorasi mutasaddilari ziyorat turizmini rivojlantirish bo‘yicha aniq choralarni kelishib oldi

28.01.2021TurizmManba: “Dunyo” axborot agentligi

O‘zbekiston musulmonlari idorasida Qozog‘iston musulmonlari idorasining Haj va umra ishlari bo‘limi boshlig‘i Jandulla Bekjigitov va «Tawaf Travel» shirkati direktori Bektemir Isakov uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda «Dunyo AA muxbiri.

Chegara hududidagi mahalla aholisi bilan o‘tkazilgan uchrashuvda qator takliflar o‘rtaga tashlandi

26.01.2021JamiyatManba: O‘zbekiston Respublikasi mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri Rahmat Mamatov Buxoro viloyati Olot tumani “Arabxona” mahalla fuqarolar yig‘iniga tashrif buyurib, mahalla faollari ishtirokida uchrashuv o‘tkazdi.

Aholini ro‘yxatga olish ishlariga puxta tayyorgarlik ko‘rilmoqda

26.01.2021JamiyatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi

2023- yilda yurtimizda o‘tkaziladigan aholini roʻyxatga olish tadbiriga puxta tayyorgarlik koʻrilmoqda.

“Ayollar daftari"ni yuritishga doir o‘quv seminari o‘tkazildi

25.01.2021JamiyatManba: O‘zbekiston Respublikasi mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi
Sirdaryo viloyati mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasida “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash masalalariga bag‘ishlangan “Ayollar daftari"ni yuritish orqali xotin-qizlar muammolarini tizimli hal etish va ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash” mavzusida o‘quv seminari o‘tkazildi.

Adliya vazirining yuridik universitet talabalari uchrashuvi: yangi g‘oyalar va motivatsiya

24.01.2021YoshlarManba: O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi
Joriy yilning 23-yanvar kuni adliya vaziri Ruslanbek Davletov Toshkent davlat yuridik universiteti talabalari bilan uchrashdi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) Kotibiyati mudiri Buyuk Britaniyaning inson huquqlari bo‘yicha elchisi bilan muloqot o‘tkazdi

23.01.2021JamiyatManba: “Dunyo” axborot agentligi

O‘zbekiston Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) Kotibiyati mudiri Saidbek Azimov, Buyuk Britaniyaning inson huquqlari bo‘yicha elchisi, BMTning Jenevadagi doimiy vakolatxonasi rahbari o‘rinbosari Rita French va Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisi Tim Torlot o‘rtasida onlayn-muloqot bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Yoqilg‘i-energetika resurslarining narxlari va tariflari

20.01.2021JamiyatManba: Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi

Yoqilg‘i-energetika resurslarining narxlari va tariflari

Vazir Rahmat Mamatovning Olot tumaniga tashrifi davomida qator ijtimoiy muammolar aniqlandi

21.01.2021JamiyatManba: O‘zbekiston Respublikasi mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri Rahmat Mamatov rahbarligida Buxoro viloyati Olot tumani mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limida tizim mas'ul xodimlari hamda tumandagi mavjud 38 ta fuqarolar yig‘ini raislari ishtirokida o‘quv-seminari bo‘lib o‘tdi.

Ayollarning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish borasida xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalasi muhokama etildi

20.01.2021JamiyatManba: O‘zbekiston Respublikasi mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi
Bugun Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligida Jahon banki bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan “O‘zbekistondagi qishloq ayollarining iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish” loyihasi doirasida “Xotin-qizlarning iqtisodiy huquq va imkoniyatlarini kengaytirish: Markaziy Osiyo va Yevropa tajribasi” mavzusida 10 dan ortiq xorijiy hamkor davlatlar ishtirokida xalqaro onlayn konferensiya bo‘lib o‘tdi.