O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Adliya vaziri Farg‘ona viloyati yuridik texnikumi o‘quvchi yoshlari bilan uchrashdi

2021-02-05 | Yoshlar

Adliya vaziri R. Davletov joriy yil 4-fevral kuni xizmat safari bilan Farg‘ona viloyatida bo‘lib, safar davomida viloyatdagi tadbirkorlik subyektlarining faoliyati bilan yaqindan tanishish, shuningdek hududiy adliya organlari va tashkilotlari faoliyatida yuzaga kelayotgan muammolarni tahlil qilish maqsad qilingan.

Adliya vaziri xizmat safarini viloyatdagi yuridik texnikumning mehnat jamoasi hamda o‘quvchi yoshlar bilan uchruvdan boshladi.
 
Uchrashuv davomida adliya vaziri yuridik texnikumning o‘qituvchilari bilan dars jarayonlari va o‘quv qo‘llanmalari xususida suhbatlashib, o‘quvchi yoshlarni fanga qiziqtirish, bir xillikdan qochgan holda zamonaviy dasr mashg‘ulotlarini olib borish, buning uchun o‘z ustida tinmasdan ishlash lozimligi yuzasidan tavsiyalar berildi.
 
Uchrashuvda texnikum o‘quvchilari kelajakda xorijiy davlatlarga chiqib bilim olishlari va tajriba almashishlari uchun chet tillarini o‘rganish zarurligi yana bir bor ta'kidlandi.
 
Qiziqarli o‘tgan uchrashuvda o‘quvchilar o‘zlarining savollariga bevosita vazirning o‘zidan javoblar olishdi.
 
Adliya vaziri uchrashuv davomida texnikumning moddiy bazasi hamda o‘quvchilar ta'lim olishi uchun yaratilgan imkoniyatlar bilan ham tanishdi.

Manba: O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi

Поделиться