O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Vazir Rahmat Mamatovning Olot tumaniga tashrifi davomida qator ijtimoiy muammolar aniqlandi

2021-01-21 | Jamiyat

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri Rahmat Mamatov rahbarligida Buxoro viloyati Olot tumani mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limida tizim mas'ul xodimlari hamda tumandagi mavjud 38 ta fuqarolar yig‘ini raislari ishtirokida o‘quv-seminari bo‘lib o‘tdi.

Seminar davomida “Temir daftar”ga kiritilgan oilalarni kambag‘allikdan chiqarish, mahallalardagi xotin-qizlar va yoshlarga zarur yordam ko‘rsatish borasidagi ishlarni samarali tashkil etish, mavjud ijtimoiy muammolarni bartaraf etish, joylarda xususiy tadbirkorlik va oilaviy biznesni rivojlantirish orqali aholi bandligini ta'minlash borasida mahalla raislariga zarur tavsiyalar berib o‘tildi.
 
Shuningdek, mas'ul xodimlarga mahallalarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha 2021 yilga mo‘ljallangan “Yo‘l xarita”larini ishlab chiqish to‘g‘risida tegishli ko‘rsatmalar berildi.
 
Vazir R.Mamatov bugunning o‘zida tumandagi “Arabxona” mahalla fuqarolar yig‘iniga tashrif buyurib, mahalla faollari bilan uchrashdi hamda hududdagi mavjud muammolarni aniqlash bo‘yicha bildirilgan takliflarni o‘rgandi.
 
Uchrashuvda ishtirokchilar tomonidan mahallada joylashgan umumiy o‘rta ta'lim maktabi hamda maktabgacha ta'lim tashkiloti binosini kapital ta'mirlash, maishiy xizmat ko‘rsatish ob'ektlariga bo‘lgan mavjud ehtiyojdan kelib chiqib, hududda sartaroshxona, go‘zalik saloni, dorixonalar qurish bo‘yicha bir qancha takliflar o‘rtaga tashlandi.
 
Aholi bilan olib borilgan o‘zaro muloqotlar davomida mahallada kommunal sohalar bo‘yicha bir qator, xususan, 80 ta xonadonning gaz ballonlariga muhtojligi, 200 ta simyog‘ochni beton ustunlarga almashtirish, hududdagi 4 ta elektr transfarmatori hamda 2 ta ko‘prikni ta'mirlash, Arabxona va Nurli yo‘l ko‘chalariga tosh-shag‘al to‘kish kabi dolzarb muammolar o‘z yechimini kutib turganligi aniqlandi.
 
Keltirib o‘tilgan mazkur muammolarni sifatli va tez fursatda hal etish bo‘yicha tegishli mutasaddi tashkilot vakillariga zarur topshiriqlar berildi.
 
Uchrashuvda hududdagi mavjud muammolarni bartaraf etish, shuningdek, keng aholi vakillari o‘rtasida olib borgan faol targ‘ibot ishlari uchun 10 nafardan ortiq mahalla faollari tashakkurnomalar bilan taqdirlandi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi

Поделиться