O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Prezident tashrif buyurgan “Shodiyona” mahallasidagi mavjud muammolar o‘rganildi

2021-02-06 | Jamiyat

Ma'lumki, joriy yilning 4-5 fevral kunlari Davlatimiz rahbarining Farg‘ona viloyatiga tashrifi davomida Farg‘ona shahridagi “Shodiyona” mahalla fuqarolar yig‘inida aholi bilan suhbat o‘tkazgan edi.

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirining birinchi o‘rinbosari Gulnora Marufova bugun ushbu mahallada bo‘lib, Respublika ishchi guruhi tomonidan mazkur mahalla fuqarolar yig‘inida amalga oshiriladigan ishlarni atroflicha o‘rgandi.
 
 
Jumladan, o‘rganish davomida mahalla fuqarolar yig‘ini binosini qurish, “Ayollar daftari”ni shakllantirish, ushbu daftarga kiritilgan xotin-qizlar bandligini ta'minlash, ularni qiynayotgan masalalarni tizimli ravishda hal etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi.
 
Qolaversa, mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi ayollar, fuqarolar bilan suhbat o‘tkazilib, ularning muammo va takliflari tinglandi hamda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha hududdagi mas'ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.
 
Shundan so‘ng vazirning birinchi o‘rinbosari G.Marufova rahbarligida Farg‘ona shahridagi 70 ta mahalla fuqarolar yig‘inlari raislarining oila, xotin-qizlar va ijtimoiy-ma'naviy masalalar bo‘yicha o‘rinbosarlari ishtirokida seminar o‘tkazildi.
 
Dastlab seminarda Muhtaram Prezidentimizning Farg‘ona viloyatiga tashrifi davomida ko‘tarilgan muhim masalalarga alohida to‘xtalib o‘tildi. Shuningdek, “Ayollar daftari”ning bugungi holati, unga kiritilgan 9 toifadagi xotin-qizlar va ular bilan amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha muhokama etilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli vazifalar belgilab berildi.
 
Qolaversa, yig‘ilganlarga hozirgi kunda ayollar bandligini ta'minlash bo‘yicha 4 ta yo‘nalish – ishsiz xotin-qizlarni Bandlikka ko‘maklashish markazlari orqali mavjud bo‘sh ish o‘rinlari yoki kvota o‘rinlarga ishga joylashtirish, tomorqa va tadbirkorlik yo‘nalishida faoliyat yuritish istagida bo‘lgan ayollarga kredit olishda ko‘maklashish bo‘yicha kerakli tushunchalar berildi.
 
Seminar davomida hududdagi “1-Besh bola”, “Shodiyona”, “A.Jomiy” mahalla fuqarolar yig‘inlari raisi o‘rinbosarlarining ish faoliyati bilan tanishildi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi

Поделиться