O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Ayollarning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish borasida xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalasi muhokama etildi

2021-01-20 | Jamiyat

Bugun Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligida Jahon banki bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan “O‘zbekistondagi qishloq ayollarining iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish” loyihasi doirasida “Xotin-qizlarning iqtisodiy huquq va imkoniyatlarini kengaytirish: Markaziy Osiyo va Yevropa tajribasi” mavzusida 10 dan ortiq xorijiy hamkor davlatlar ishtirokida xalqaro onlayn konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Videokonferensiya shaklida o‘tkazilgan uchrashuvda Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi mas'ul xodimlari, Xalqaro ekspert Viloyat Mirzayeva, Yevropa Ayollar kengashi rahbari Mariya Lyudovika Bottarelli, Yaponiyaning Tottori universiteti professori Kristina Toderich, Qozog‘istonning "Ruxani jang‘iru" instituti xodimi Aygul' Rakisheva hamda “BMT Ayollar” jamiyati a'zosi Guldjan Niyazalieva loyihaga doir o‘z fikr va takliflari bilan ishtirok etdi.
 
Dastlab tadbirda mamlakatimizda xotin-qizlarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, ularning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish, gender tenglikni ta'minlash, bu borada huquqiy bazani yanada mustahkamlash maqsadida amalga oshirilayotgan amaliy ishlar xususida batafsil ma'lumot berildi.
 
Jumladan, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi Xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i Guljamol Shukurova bugun yurtimizda Muhtaram Prezidentimiz tomonidan xotin-qizlar masalasiga juda katta e'tibor qaratilayotganligini aytib, ayollarning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ishbilarmon xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya  qilish borasida olib borilayotgan izchil islohotlar yuksak samaralar berayotganligini ta'kidlab o‘tdi.
 
Tadbirda loyihasi doirasida joylardagi iqtisodiy faol bo‘lmagan va qishloq hududlaridagi kam ta'minlangan oilalar ayollarining ehtiyojlarini hisobga olgan holda ularning tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida loyihada ishtirok etuvchi xotin-qizlarga ko‘plab imtiyozlar taqdim etilishi alohida qayd etildi.
 
Qayd etilganidek, loyihaning eng asosiy maqsadi — qishloq ayollarining iqtisodiy imkoniyatlarini oshirish, ularning tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirish, buning uchun ularga zarur mablag‘lar ajratishdan iboratdir.
 
Uchrashuv davomida, shuningdek, ishtirokchilar va xalqaro ekspertlar tomonidan qishloq ayollarini ijtimoiy himoya qilish bo‘yicha muhim takliflar o‘rtaga tashlandi hamda zarur fikrlar bildirib o‘tildi.
 
Tadbir so‘nggida OAV vakillarining mavzuga oid savollariga loyiha tashkilotchilari tomonidan atroflicha javob berildi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi

Поделиться