O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Aholini ro‘yxatga olish ishlariga puxta tayyorgarlik ko‘rilmoqda
2021-01-26 | Jamiyat
2023- yilda yurtimizda o‘tkaziladigan aholini roʻyxatga olish tadbiriga puxta tayyorgarlik koʻrilmoqda.
Buxoro davlat universitetda Buxoro viloyati statistika boshqarmasi tomonidan aholini ro‘yxatga olish ishlariga ko‘rilayotgan tayyorgarlik jarayoniga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi “O`zbekiston Respublikasida 2023- yilda aholini ro`yxatga olishga tayyorgarlik ko`rish va uni o`tkazish chora-tadbirlari to`g`risida”gi 710- sonli qarorining mazmun-mohiyati hamda uning ijrosi bo`yicha amalga oshirilayotgan ishlar, shuningdek, aholini roʻyxatga olishning dolzarbligi, shakllantiriladigan ma’lumotlarning ijtimoiy-iqtisodiy davlat dasturlarini ishlab chiqishdagi muhim ahamiyati toʻgʻrisida soʻz yuritildi.
Seminar davomida talabalarga aholini roʻyxatga olish savolnomasi shakllarini toʻldirish bo‘yicha batafsil tushunchalar berildi.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi