O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Surxondaryoda “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar bandligi ta'minlanmoqda

2021-01-29 | Jamiyat

Boysun tumani hokimligida tuman hokimi A. Jo‘rayev rahbarligida “Ayollar daftari”ning yuritilishi, unga kiritilgan xotin-qizlar bilan manzilli ishlash, ehtiyojmand ayollarga ko‘rsatiladigan ijtimoiy yordamlar yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi.

Tuman soliq inspeksiyasi, tuman moliya bo‘limi va boshqa mas'ul tashkilotlar vakillari hamda mahalla fuqarolar yig‘ini raislarining oila, xotin-qizlar va ijtimoiy-ma'naviy masalalar bo‘yicha o‘rinbosarlari ishtirokida tashkil etilgan tadbirda ayollarning ijtimoiy muammolarini bartaraf etish, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish, bu borada tumanda amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini oshirish masalalari atroflicha muhokama etilib, galdagi muhim vazifalar belgilab olindi.
 
Shuningdek, Sho‘rchi tumani Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘i birinchi o‘rinbosari, tuman hokimining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi Gavhar Shermatova boshchiligidagi Ishchi guruh tomonidan 2-sektor hududidagi mahalla fuqarolar yig‘inlarida “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarning muammolari atroflicha o‘rganildi.
 
Uchrashuvlar davomida og‘ir turmush sharoitida yashayotgan xotin-qizlarni manzilli ro‘yxat asosida tumandagi mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga joylashtirish, kasbga qayta o‘qitish orqali bandligini ta'minlash, haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb etish masalalariga e'tibor qaratildi.
 
Jumladan, kasbga qayta o‘qish istagini bildirgan ayollarning 10 nafari tuman aholi bandligiga ko‘maklashish markazida tashkil etilgan o‘quv kurslariga qabul qilindi. 1 nafar ayol tuman obodonlashtirish boshqarmasiga ishga joylashtirilib, 8 nafar xotin-qiz haq to‘lanadigan jamoatchilik ishlariga jalb etildi.1

Manba: O‘zbekiston Respublikasi mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi

Поделиться