O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Gender tenglik masalalariga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etildi

2021-01-28 | Jamiyat

Respublika hayvonlar kasalliklari tashxisi va oziq ovqat mahsulotlari xavfsizligi davlat markazida “Agrar soha ayollari uyushmasi” tomonidan gender masalalariga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.  

Unda markaz direktori B.Tangyariqov, markaz mutaxassislari, “Agrar soha ayollari uyushmasi” raisi Adiba Axmadjanova, falsafa fanlari doktori, professor, shoira Sayyora To‘ychievalar ishtirok etishdi.
 
Tadbirda xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlanishning huquqiy asoslari, ilmiy-innovasion ishlanmalarda ularning ishtirokini ta'minlash, sohada faoliyat yuritayotgan xotin-qizlarga yanada qulay biznes muhitini yaratish borasidagi dolzarb masalalar xususida so‘z yuritildi.  
 
Shuningdek, tadbir davomida mavzuga oid taqdimotlar ham namoyish etildi.

Manba: Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi

Поделиться