O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Jamiyat

Fevral oyida Rossiyadan O‘zbekistonga 2 ta maxsus yo‘lovchi poyezdi qatnovi amalga oshiriladi!

16.02.2022JamiyatManba: O‘zbеkistоn Respublikasi trаnspоrt vazirligi

Rossiya davlatidagi yurtdoshlarimizga mamlakatimizga kelishlari uchun qulaylik yaratish maqsadida joriy yil fevral oyida “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tomonidan “Voljskiy – Toshkent” yo‘nalishida 483-sonli maxsus yo‘lovchi poyezdining ikki marotaba qatnovi amalga oshiriladi.

O‘zbekistonning JSTga qo‘shilishi bo‘yicha navbatdagi tadbirlar muhokama qilindi

16.02.2022IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov Jahon savdo tashkiloti (JST) Bosh direktori Ngozi Okonjo-Iveala bilan videokonferensiya shaklida muzokaralar o‘tkazdi.

Terma jamoamiz Tel-Aviv «Katta Dubulg‘a» turniriga jo‘nab ketdi

16.02.2022SportManba: O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi

17-19-fevral kunlari Tel-Aviv shahrida «Katta Dubulg‘a» turkumiga kiruvchi, umumiy mukofot jamg‘armasi 154 000 AQSh dollarini tashkil etuvchi turnir bo‘lib o‘tadi. Ushbu musobaqada asosan yosh dzyudochilar bilan qatnashadigan O‘zbekiston terma jamoasi Isroil davlatiga jo‘nab ketdi.

Qoraqalpog'iston ilmiy salohiyati kuchaymoqda

16.02.2022JamiyatManba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi

2019-2022-yillarda Qoraqalpog'iston Respublikasidan 27 nafar yosh olim etakchi xorijiy ilmiy tashkilotlarga qisqa muddatli ilmiy stajirovkalarga yuborilgan. Mazkur maqsadlar uchun 491,9 mln. so'm mablag' moliyalashtirilgan.

“O‘zbekgidroenergo” AJ va Koreya Respublikasining “K-Water” korporatsiyasi o‘rtasida o‘zaro anglashuv Memorandumi imzolandi

15.02.2022Ekologiya

Bugun, 15-fevral sanasida “O‘zbekgidroenergo” AJ va Koreya Respublikasining suv loyihalarini amalga oshiruvchi yirik “K-water” korporatsiyasi o‘rtasida mamlakatimizda yangi qurilishi rejalashtirilgan Xo‘jakent gidroto‘plash stansiyasi (GAES) loyihasini hamkorlikda amalga oshirish yuzasidan ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazildi.

TDTU olimlari tijoratlashtirish uchun tayyor loyihalar taqdimotini o'tkazmoqdalar

15.02.2022JamiyatManba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi

Innovatsion rivojlanish vazirligi binosida Toshkent davlat texnika universiteti olimlari tomonidan yaratilgan innovatsion ishlanmalar ko'rgazmasi o'z ishini boshladi. Tijoratlashtirish maqsadida taqdim etilgan ishlanmalarning umumiy soni 50 taga yaqin bo'lib, ularning aksariyati universitetning yosh olimlari tomonidan yaratilgan. 

Elektron hukumatni rivojlantirishda Estoniya Respublikasining tajribasi o‘rganilmoqda

14.02.2022IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining “Raqamli O‘zbekiston salohiyatini oshirishga ko‘maklashish” qo‘shma loyihasi doirasida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi o‘rinbosari Oleg Pekos boshchiligidagi delegatsiya elektron hukumatni ishlab chiqish va joriy etish tajribasi bilan tanishish maqsadida Estoniya Respublikasiga tashrif buyurdi.

Innovatsion rivojlanish vaziri fuqarolarni qabul qildi

14.02.2022JamiyatManba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi

Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov fuqarolar qabulini o'tkazib, 7 nafar fuqaroning muammoli  masalalarini tingladi. Masalalarning aksariyati vazirlik tomonidan e'lon qilinayotgan tanlovlarda ishtirok etish, loyihalarni tijoratlashtirishni yo'lga qo'yish, o'z faoliyatini kengaytirish maqsadida vazirlik bilan hamkorlik o'rnatish va boshqa masalalar bilan bog'liq bo'ldi.

“Mehribonlik uyi” tarbiyalanuvchilari uchun Toshkent teleminorasiga sayohat uyushtirildi

14.02.2022YoshlarManba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

Poytaxtimizdagi 30-sonli “Mehribonlik uyi” tarbiyalanuvchilari uchun Toshkent teleminorasiga sayohat tashkil etildi.

Yurtimizda 25 ming gektar mevali bog‘ va 50 ming gektar tokzor plantatsiyasi barpo etiladi

14.02.2022IqtisodiyotManba: O'zA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 15-dekabrdagi "Meva-sabzavotchilik sohasini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, tarmoqda klaster va kooperatsiya tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori qabul qilindi.

“Davlat auditi” elektron dasturiy kompleksi ishga tushirildi

14.02.2022JamiyatManba: O'zA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-avgustdagi “Davlat moliyaviy nazorati tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga asosan Hisob palatasining “Davlat auditi” dasturiy kompleksi ishga tushirildi.

Yevropa Taraqqiyot va Tiklanish Banki vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

14.02.2022IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov Yevropa Taraqqiyot va Tiklanish Banki vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Xalqaro hamkorlik va taraqqiyot agentligining yangi rahbari tayinlandi

14.02.2022IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 3-fevraldagi 53-sonli qaroriga muvofiq, Rahimov Shohruh Hamidovich O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Xalqaro hamkorlik va rivojlanish agentligi direktori etib tayinlandi.

Innnovatsion rivojlanish vazirining Toshkent viloyatiga tashrifi

14.02.2022JamiyatManba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi

12-fevral kuni innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov Toshkent viloyatiga xizmat safari bilan tashrif buyurdi. Rossiya Federatsiyasi  Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti «MISIS»ning Olmaliq shahridagi filialida bo'lib, olimlar, pedagog-o'qituvchilar, talabalar bilan uchrashdi.

Innovatsion rivojlanish vaziri Turkiya elchisi bilan uchrashdi

11.02.2022IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi

Innovatsion rivojlanish vazirligida Turkiya Respublikasining O'zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Olgan Bekar va vazir Ibrohim Abdurahmonov o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi.

Shavkat Mirziyoyev: Hamma harakatlarimiz tagida inson qadrini ulug‘lash maqsadi bor

10.02.2022SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Prezident Shavkat Mirziyoyev Samarqand shahridagi 59-maktab-internatni borib ko‘rdi.

Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori bilan uchrashuv

10.02.2022SiyosatManba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

2022-yilning 10-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori, Elchi Pyer fon Arksni qabul qildi.

Yo‘llarda qulaylik va xavfsizlikni oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi

10.02.2022SiyosatManba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti

Davlatimiz rahbari Samarqand shahrining Bo‘stonsaroy va Rudakiy ko‘chalari kesishmasida qurilgan tunnelni borib ko‘rdi. 

O‘zbekiston va Turkiya qishloq va o‘rmon xo‘jaligi sohasidagi hamkorlikni oshiradi

10.02.2022IqtisodiyotManba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzoqov mamlakatimizda rasmiy tashrif bilan bo‘lib turgan Turkiya Respublikasi qishloq va o‘rmon xo‘jaligi vaziri Bekir Pakdemirli bilan uchrashuv o‘tkazdi.