O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Innovatsion rivojlanish vaziri fuqarolarni qabul qildi
2022-02-14 | Jamiyat
Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov fuqarolar qabulini o'tkazib, 7 nafar fuqaroning muammoli masalalarini tingladi. Masalalarning aksariyati vazirlik tomonidan e'lon qilinayotgan tanlovlarda ishtirok etish, loyihalarni tijoratlashtirishni yo'lga qo'yish, o'z faoliyatini kengaytirish maqsadida vazirlik bilan hamkorlik o'rnatish va boshqa masalalar bilan bog'liq bo'ldi.
Qabul davomida fuqarolar tomonidan berilgan ayrim murojaatlarga zarur huquqiy tushuncha va tavsiyalar berilgan bo'lsa, echimi ma'lum vaqt talab etadigan masalalar bo'yicha soha mutasaddilariga aniq vazifalar yuklatilib, ijrosi vazirlik tomonidan nazoratga olindi.
Ilm-fan sohasida faoliyat yuritayotgan professor-o'qituvchilar, tadbirkorlar hamda yoshlarni o'ylantirayotgan muammolarni hal qilish hamda yangi istiqbolli g'oya va takliflarini qo'llab-quvvatlash maqsadida fuqarolar qabullari munatazam ravishda o'tkaziladi.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi