O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Qoraqalpog'iston ilmiy salohiyati kuchaymoqda

2022-02-16 | Jamiyat

2019-2022-yillarda Qoraqalpog'iston Respublikasidan 27 nafar yosh olim etakchi xorijiy ilmiy tashkilotlarga qisqa muddatli ilmiy stajirovkalarga yuborilgan. Mazkur maqsadlar uchun 491,9 mln. so'm mablag' moliyalashtirilgan.

Shu jumladan, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Orolbo'yi xalqaro innovatsiya markazining 6 nafar xodimi 2019-yilda Birlashgan Arab Amirliklarining Qurg'oqchilik sharoitida biodehqonchilik xalqaro markaziga (ICBA) stajirovkaga yuborilgan.

Stajirovka natijasida olingan bilim va ko'nikmalardan foydalangan holda hozirda yosh olimlar Orolbo'yi xalqaro innovatsiya markazi laboratoriyasida mavjud PNT 3000 COMBI+, LAQUAtwin, ECO EC, ECO pH o'lchash vositalaridan foydalanib, Mo'ynoq va Nukus tumanlarida mavjud tajriba-sinov maydonlarida qator tadqiqot ishlari amalag oshirmoqda. Sho'rlangan erlarda ekinlarni sug'orishda suvning tuz balansini aniqlash bo'yicha, tuya tikan, shirin qizilmiya kabi yovvoyi o'simliklarni madaniylashtirish, «Samanbay» tajriba sinov maydonida ICBA loyihasi doirasida turli mamlakatlardan keltirilgan kinoa, amarant, bufel o'ti, ko'k tariq, donli jo'xori namunalari sinovdan o'tkazilmoqda.

Bundan tashqari, Qoraqalpog'iston Respublikasi hududida joylashgan oliy ta'lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarining 22 nafar yosh olimlari saralash tanlovlardan g'olib deb topilib, ularni 2022-yilda Rossiya, Belarus, Yaponiya kabi davlatlarga ilmiy stajirovkaga yuborish rejalashtirilgan.

2020-2021-yillarda Qoraqalpog'iston Respublikasi hududidagi ilmiy tadqiqot institutlariga 3 turdagi umumiy qiymatda 396,0 ming AQSh dollarlik zamonaviy ilmiy laboratoriya asbob-uskunalari xaridi amalga oshirildi. Qoraqalpog'iston tabiiy fanlar ilmiy tadqiqot institutiga 75,0 ming AQSh dollarlik «Rentgenofluoressent energodispertsion spektrometr» uskunasini o'rnatish ishlari amalga oshirilmoqda.

Fanlar akademiyasi Qoraqalpog'iston bo'limiga xaridi ko'zda tutilgan 247,0 ming AQSh dollarlik «Rentgen difraktometri» va 74,0 ming AQSh dollarlik «Yuqori samarali suyuqlik xromatograf»uskunalarini etkazib berish ishlari davom etmoqda. Bundan tashqari, Orolbo'yi xalqaro innovatsiya markazi va Fanlar akademiyasining Qoraqalpog'iston bo'limi bilan hamkorlikda ilmiy-tajriba uchastkasi va ekofiziologik tadqiqotlar laboratoriyasi faoliyatini yo'lga qo'yish maqsadida «ekofiziologik tadqiqotlar laboratoriyasi»ni jihozlash yuzasidan 5 turdagi 200 512,0 AQSh dollarlik ilmiy laboratoriya asbob-uskunalar xarid qilinishi ko'zda tutilgan. Hozirgi kunda, mazkur ilmiy laboratoriya asbob-uskunalar ro'yxati ma'qullangan va xarid qilish ishlari tashkil etilmoqda.

Shuningdek, ta'kidlash joizki, hozirgi kunga qadar ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida Qoraqalpog'iston Respublikasida umumiy moliyalashtirish hajmi 11,9 mlrd so'm bo'lgan 10 ta ilmiy loyiha moliyalashtirilgan. Shundan 10,6 mlrd so'mlik 9 ta amaliy va 1,1 mlrd. so'mlik 1 ta innovatsion loyiha bajarilmoqda.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi

Поделиться