O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Xalqaro hamkorlik va taraqqiyot agentligining yangi rahbari tayinlandi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 3-fevraldagi 53-sonli qaroriga muvofiq, Rahimov Shohruh Hamidovich O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Xalqaro hamkorlik va rivojlanish agentligi direktori etib tayinlandi.
Sh.Rahimov ushbu lavozimga tayinlangunga qadar, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining turli tarkibiy bo‘linmalari hamda boshqa tashkilotlar va tarmoq birlashmalarida rahbarlik lavozimlarida faoliyat yuritgan.
Agentlikning asosiy funksiya va vazifalari davlat kafolati ostida jalb qilingan tashqi qarzlar orqali amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining samaradorligini oshirish, investitsiyaviy takliflarni loyihaoldi baholash, loyiha tashabbuskorlariga texnik topshiriq va zarur loyiha hujjatlarini tayyorlashda ko‘maklashish, ularning bajarilishini samarali boshqarish va monitoring qilish tizimini joriy etish, tenderlar shaffofligini ta'minlash va boshqa yo‘nalishlardan iborat.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi