O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Fevral oyida Rossiyadan O‘zbekistonga 2 ta maxsus yo‘lovchi poyezdi qatnovi amalga oshiriladi!
2022-02-16 | Jamiyat
Rossiya davlatidagi yurtdoshlarimizga mamlakatimizga kelishlari uchun qulaylik yaratish maqsadida joriy yil fevral oyida “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tomonidan “Voljskiy – Toshkent” yo‘nalishida 483-sonli maxsus yo‘lovchi poyezdining ikki marotaba qatnovi amalga oshiriladi.
Ushbu poyezdlar 2022 - yil 18 va 25 - fevral kunlari soat 20:50 da “Voljskiy” temir yo‘l vokzalidan harakatini amalga oshiradi.
Mazkur poyezdga faqat bir tomonga, ya’ni “Voljskiy-Toshkent” yo‘nalishiga chiptalar sotiladi. Chiptalarni elektron tarzda ham sotish yo‘lga qo‘yilgan.
Rossiyadagi yurtdoshlarimizning yaqinlari O‘zbekistonda turib, ularning shaxsini tasdiqlovchi hujjatining nusxasi bilan “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ veb-sayti orqali e-ticket.railway.uz dan chiptalarni elektron tarzda xarid qilib olib, jo‘natishlari ham mumkin.
Manba: O‘zbеkistоn Respublikasi trаnspоrt vazirligi