O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori bilan uchrashuv
2022-02-10 | Siyosat
2022-yilning 10-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori, Elchi Pyer fon Arksni qabul qildi.
Uchrashuvda O‘zbekiston va YXHT o‘rtasidagi hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari muhokama qilindi.
Rejalashtirilgan tadbirlar, jumladan, 2022-yil 3-4-mart kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan BMTning Markaziy Osiyoda terrorizmga qarshi global strategiyasi birgalikda amalga oshirilishining 10 yilligiga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya bo‘yicha fikr almashildi. Mazkur anjuman YXHT va BMTning Terrorizmga qarshi kurash boshqarmasi bilan birgalikda tashkillashtirilmoqda.
O‘zbekiston va YXHT o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”da belgilangan loyihalarni amalga oshirishda tomonlar o‘zaro manfaatdor ekanliklarini tasdiqladi.
YXHT Bosh kotibi Helga Shmidning joriy yil mart oyida O‘zbekistonga bo‘lajak tashrifiga tayyorgarlik yuzasidan fikr almashildi.
Muzokaralarda mintaqaviy va xalqaro kun tartibining ayrim masalalari ham ko‘rib chiqildi.
Manba: O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi