O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Innovatsion rivojlanish vaziri Turkiya elchisi bilan uchrashdi
2022-02-11 | Iqtisodiyot
Innovatsion rivojlanish vazirligida Turkiya Respublikasining O'zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Olgan Bekar va vazir Ibrohim Abdurahmonov o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi.
Tomonlar birgalikda amalga oshirilayotgan loyihalar, jumladan texnoparklarni yuritish va rezidentlarni jalb qilish, malaka oshirish va doktorantura dasturlari, kiber xavfsizlik sohasidagi ishlar holatini muhokama qildilar.
O'zaro hamkorlik holatini ijobiy baholagan holda, uchrashuv so'ngida ilm-fan va innovatsiyalar sohasidagi aloqalarni kengaytirishga kelishib olindi.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi