O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Innnovatsion rivojlanish vazirining Toshkent viloyatiga tashrifi

2022-02-14 | Jamiyat

12-fevral kuni innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov Toshkent viloyatiga xizmat safari bilan tashrif buyurdi. Rossiya Federatsiyasi  Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti «MISIS»ning Olmaliq shahridagi filialida bo'lib, olimlar, pedagog-o'qituvchilar, talabalar bilan uchrashdi.

I. Abdurahmonov Respublikamizning sanoat tarmog'i uchun muhim ilmiy-texnologik vazifalarni hal qilishga qodir yuqori malakali muhandis-texnik kadrlarni xalqaro ta'lim standartlari darajasida tayyorlashga qaratilgan mazkur oliy ta'lim muassasasida metallurgiya, konchilik ishi va sanoat ishlab chiqarishning boshqa tarmoqlarida olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlarini yig'ilganlar bilan muhokama qildi. Tadbir ishtirokchilarining bu boradagi taklif va savollariga javob berdi.

Shuningdek, vazir ta'lim va ilmiy faoliyatning ishlab chiqarish-sanoat faoliyati bilan uzviy integratsiyasi uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. Ta'lim va ilmiy-texnik sohalarda xorijiy mamlakatlarning etakchi ta'lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot markazlari hamda biznes-hamjamiyatlari aloqalarni rivojlantirish va mustahkamlash masalalariga urg'u berdi.

Toshkent viloyatiga tashrifi chog'ida Ibrohim Abdurahmonov Ohangaron innovatsion hududida amalga oshirilgan ishlar bilan  hami tanishdi  Bugungi kunda Ohangaron innovatsion hududida jami 7.6 mlrd. so'mlik 10 ta loyiha amalga oshirilmoqda, shu jumladan: 2,6 mlrd. so'mlik 5 ta tijoratlashtirish, 5 mlrd. so'mlik 5 ta startap loyihalari. Mazkur loyihalarni amalga oshirish natijasida tumanda jami 70 nafar yangi ish o'rni yaratildi.

O'z navbatida, Toshkent viloyatida jami 110 mlrd. so'mlik 71 ta ilmiy loyiha amalga oshirilmoqda, shu jumladan: 14,9 mlrd. so'mlik 4 ta fundamental, 82,1 mlrd. so'mlik 54 ta amaliy, 8,9 mlrd. so'mlik 8 ta innovatsion, 4,3 mlrd. so'mlik 5 ta xalqaro loyihalar.

Ilmiy ishlanmalarni joriy etish bo'yicha jami 17,2 mlrd. so'mlik 23 ta loyiha amalga oshirilmoqda, shu jumladan: 10,8 mlrd. so'mlik 15 ta tijoratlashtirish, 6,4 mlrd. so'mlik 8 ta startap loyihalari. Mazkur loyihalarni amalga oshirish natijasida jami 160 nafar yangi ish o'rni yaratildi.

Innovatsion rivojlanish vazirining Toshkent viloyatiga tashrifining navbatdagi manzili Ohangaron shahridagi Yoshlar texnoparkida bo'ldi. 

Mazkur  Yoshlar texnoparki o'quvchi va talabalarning, kasb o'rganayotgan yoshlarimizning texnik yo'nalishdagi loyihalarni qo'llab-quvvatlab kelmoqda. Yoshlarning muhandislik sohasiga qiziqishini oshirish, bor bilimlarini mustahkamlash va amaliyotga joriy etish maqsadida texnoparkda chet tillariga o'qitish, komp`yuter savodxonligi va 3D modellashtirish kurslari tashkil etilgan.

Hududlarda tashkil etilayotgan Yoshlar texnoparkining asosiy maqsadi yoshlarni intellektual, ilmiy, ijodiy salohiyatini oshirish, yoshlarning o'z intellektual salohiyatini namoyon qilishi va ijtimoiy moslashuvi uchun zarur sharoitlar yaratish, ularni zamonaviy kasb-hunarga yo'naltirish hamda bandligini ta'minlash hisoblanadi

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish agentligi

Поделиться