O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudida uchrashuv

2017-10-25 | Jamiyat

Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar Oliy sudlari raislarining bo‘lajak o‘n ikkinchi majlisi doirasida 24 oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi K.Komilov bilan Qozog‘iston Respublikasi Oliy sudi raisi K.Mamining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Muloqot chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi bilan Qozog‘iston Respublikasi o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli va keng ko‘lamli hamkorlik barcha yo‘nalishda, jumladan, sud-huquq sohasida ham izchil rivojlanib borayotgani ta’kidlandi. Mamlakatlarimiz rahbarlarining muntazamlik kasb etgan uchrashuvlarida erishilgan kelishuvlar bunda muhim ahamiyat kasb etmoqda. 

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan qabul qilingan 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq mamlakatimizda huquqiy demokratik davlat, adolatli fuqarolik jamiyati barpo etish, sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini, fuqarolar huquq va erkinliklarining ishonchli himoyasini ta’minlash borasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilayotgani qayd etildi. 

Davlatimiz rahbarining 2016 yil 21 oktabrdagi «Sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi hamda 2017 yil 21 fevraldagi «O‘zbekiston Respublikasi sud tizimi tuzilmasini tubdan takomillashtirish va faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmonlari bu boradagi ishlar ko‘lamini yanada kengaytirishda muhim huquqiy asos bo‘lib xizmat qilayotir. 

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi va Qozog‘iston Respublikasi Oliy sudi o‘rtasida Hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi. Mazkur hujjat ikki mamlakat sud hokimiyati oliy organlari o‘rtasida hamkorlik va o‘zaro anglashuvning huquqiy asoslarini mustahkamlash, qonun ustuvorligini ta’minlash bo‘yicha sa’y-harakatlar samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. 

Memorandum doirasida sud tizimini inson huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishning muhim instituti sifatida takomillashtirishni ilmiy-tahliliy hamda axborot jihatidan ta’minlash orqali sud-huquq islohotlarini amalga oshirishga ko‘maklashish bilan bog‘liq tadbirlar ko‘zda tutilgan. 

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi K.Komilov shu kuni Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar Oliy sudlari raislarining o‘n ikkinchi majlisida ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan Tojikiston Respublikasi Oliy sudi raisi Sh.Shohiyon va Qirg‘iziston Respublikasi Oliy sudi raisi A.Tokbayeva bilan ham uchrashuvlar o‘tkazdi. 

Tadbirlar davomida mehmonlarga O‘zbekistonda sud-huquq tizimini yanada demokratlashtirish va erkinlashtirish, sud, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari faoliyati samaradorligini oshirish borasida izchil olib borilayotgan islohotlar to‘g‘risida ma’lumot berildi. Tomonlar kelgusida o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash, sohada qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, muntazam tajriba almashib turishdan manfaatdor ekanini qayd etdi.

 

Matnazar Elmurodov, O‘zA

Поделиться