O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

MDH gidrometeorologlari tajriba almashdi

2017-10-25 | MDH

Toshkentda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Gidrometeorologiya bo‘yicha davlatlararo kengashining (GDK) 29-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

MDH davlatlari milliy gidrometeorologiya xizmatlarining yaqin hamkorligi va xalqaro tashkilotlar bilan sheriklik aloqalari ularga ob-havo, suv va iqlimga oid batafsil ma’lumotlarga tayangan holda asosli qarorlar qabul qilish imkonini beradi. 

Gidrometeorologiya bo‘yicha davlatlararo kengash gidrometeorologik ma’lumotlarni o‘z vaqtida olish va foydalanish masalalarini hal etishga ko‘maklashadi. Bu gidrometeorologik jarayonlarning atrof-muhitga ta’sirini oldindan aniqlash, boshqaruv organlari va aholiga o‘z vaqtida axborot berish va ogohlantirish, MDH davlatlari iqtisodiy tarmoqlarida samarali qo‘llash imkonini beradi. 

GDK sessiyasida MDH milliy gidrologiya va gidrometeorologiya xizmatlari vakillari, shuningdek, Butunjahon meteorologiya tashkiloti mutaxassislari ishtirok etdi. 

O‘zbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vaziri R.Jo‘rayev va boshqalar mazkur tadbir milliy gidrometeorologiya xizmatlari o‘rtasidagi hamkorlik, MDH davlatlari gidrometeorologiya tarmoqlari hududida kuzatishlarni muvofiqlashtirishni takomillashtirish, ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari bo‘yicha fikr almashish borasidagi dolzarb masalalarni muhokama qilish imkonini yaratganini ta’kidladi. 

Yig‘ilishda MDH davlatlari milliy gidrometeorologiya xizmatlari faoliyatiga oid qator masalalar ko‘rib chiqildi, ma’ruzalar tinglandi. Xususan, MDH davlatlari gidrometeorologiya faoliyatini rivojlantirish strategiyasini amalga oshirish chora-tadbirlari rejasining bajarilishi natijalari taqdim etildi, fuqarolik aviatsiyasi laynerlari parvozining gidrometeorologik ta’minotini tashkil etishga oid texnik xususiyatlar muhokama qilindi, tabiiy va iqlim hodisalarini oldindan aniqlash sohasidagi yangi ilmiy ishlanmalar namoyish etildi. Shuningdek, gidrobiologik kuzatuvlarni tashkil etish va o‘tkazish, kosmik ob-havo haqidagi ma’lumotlardan foydalanish jarayonlari ham muhokama qilindi. 

– Bizda masofadan turib zondlashtirish usullaridan foydalanish orqali gidrometeorologik kuzatuvlar tarmog‘ini kengaytirish masalasi alohida qiziqish uyg‘otmoqda, – deydi Belarus Respublikasi Davlat gidrometeorologiya xizmati rahbarining birinchi o‘rinbosari M.Germenchuk. – Shu usulda olinadigan ma’lumotlardan foydalanish ob-havo ma’lumotlarining aniqligi va tezkorligini bir necha barobar oshiradi. O‘zbekiston va Belarus turli iqlim hududlarida joylashgan bo‘lishiga qaramay, davlatlarimizda ob-havoni oldindan aniqlash samaradorligini baholash mezoni bo‘yicha umumiy yondashuv mavjud. Shu sababli biz O‘zbekiston bilan ob-havoni oldindan aniqlashni baholash bo‘yicha ilmiy va amaliy tajriba almashish bo‘yicha o‘zaro bitim imzolashni rejalashtirmoqdamiz. 

Tadbir yakunlari bo‘yicha MDH Gidrometeorologiya bo‘yicha davlatlararo kengashi sessiyasining qarorlari imzolandi.

 

Roman Bondarchuk, O‘zA

Поделиться