O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Har bir muammo joyida hal etilmoqda

2017-10-24 | Jamiyat

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida "Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili" Davlat dasturini amalga oshirishda O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasining ishtiroki yuzasidan matbuot anjumani tashkil etildi.

Unda fraksiya a’zolari, partiyaning markaziy kengashi mas’ul xodimlari, xalq deputatlari Toshkent shahar va viloyat Kengashlaridagi partiya guruhi a’zolari ishtirok etdi. 

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasi rahbari H.Ketmonov va boshqalar mamlakatimizda moliyaviy barqarorlikni ta’minlash, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish borasida olib borilayotgan izchil islohotlar aholi farovonligi hamda turmush darajasini yanada yuksaltirishga xizmat qilayotganini ta’kidladi. Davlatimiz rahbari tomonidan joriy yilga Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili, deb nom berilganligi bu boradagi ishlar samaradorligini yanada oshirdi. 

Anjumanda partiya va uning deputatlik birlashmalari, ayniqsa, parlamentdagi fraksiya tomonidan joriy yilning o‘tgan davrida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axborot berildi. Partiya fraksiyasi a’zolari hisobot davrida qonun loyihalari ustida olib borayotgan ishlarni yanada faollashtirishga alohida e’tibor qaratdi. Xususan, joriy yilning o‘tgan davrida 24 ta qonun loyihasi joylarda muhokamasini o‘tkazish uchun partiya tashkilotlariga yuborildi. 

Bundan tashqari, fraksiya a’zolari fuqarolar murojaatlari bilan ishlash borasida ham ijobiy natijalarga erishmoqda. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan joriy yilning o‘tgan davrida mamlakatimizning 67 ta tumanidagi holat tahlil qilindi. Xonadonlarga borilib, u yerdagi vaziyat o‘rganilgan. 

Matbuot anjumanida fraksiyaning nazorat-tahlil faoliyatiga ham alohida e’tibor qaratildi. Aholi, ayniqsa, kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarining bandligini ta’minlash, nogironlarni ijtimoiy himoya qilish, inklyuziv ta’limni takomillashtirish borasida partiya tomonidan olib borilayotgan ishlar xususida batafsil to‘xtalib o‘tildi. 

Anjumanda jurnalistlar fraksiya faoliyatiga oid o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldi.

 

Go‘zal Sattorova, O‘zA

Поделиться