O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Buxoroda “Buxoro shahri kuni” festivali bo‘lib o‘tdi

2017-10-24 | Jamiyat

Festival doirasida marafon, savdo yarmarkalari, milliy taomlar ko‘rik-tanlovi va boshqa turli tanlovlar, ko‘rgazma, ilmiy-amaliy konferensiya va gala-konsert tashkil etildi.

Tadbir “Men Buxoroni sevaman” marafoni bilan boshlandi. Ko‘hna va boqiy Buxoroning "Toqi Sarrofon", "Toqi Zargaron", "Toqi Telpakfurushon" majmualari va eski shahar qismida folklor jamoalari chiqishi, milliy taomlar shohi sanalgan palov tayyorlash musobaqasi, “Buxoro – ochiq osmon ostidagi muzey” shiori ostida rasmlar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. 

Prezidentimizning joriy yil 19-maydagi 2017-2021-yillarda Buxoro viloyati va Buxoro shahrining turizm salohiyatini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarori ijrosi doirasida o‘tkazilgan festival viloyat hokimligi, davlat, nodavlat va jamoat tashkilotlari hamkorligida tashkil etildi. 

Festivalda mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan diplomatik korpus va xalqaro tashkilotlar vakillari ham ishtirok etdi. 

Buxoro qadimiy me’moriy obidalari, betakror hunarmandligi, boqiy qadriyat va an’analari bilan butun dunyodan sayyohlarni o‘ziga maftun etib kelmoqda. 

Festivalda zardo‘zlar, zargarlar, kashtachilar, gilam to‘quvchilar, temirchi ustalar, miniatyurachi rassomlar, mis va yog‘och o‘ymakorlari tomonidan mahorat darslari o‘tkazildi. 

O‘zbek folklor san’atida Buxoronning o‘ziga xos o‘rni bor. Ayni paytda viloyatning har bir tuman va shahari ham o‘ziga xos yo‘nalishga ega. 

– Buxoroning qadimiy yodgorliklari haqida ko‘p eshitganman, – deydi gollandiyalik sayyoh Saad Javar. – Ular haqiqatan ham go‘zal, salobatli, serjilo ekan. Bu obidalarni tomosha qilar ekanman, o‘zimni go‘yo o‘tmishda yurgandek his etdim. Sayohatim shunday ajoyib festivalga to‘g‘ri kelganidan yanada xursand bo‘ldim. Chunki, bunday hayratlanarli tadbirlarni boshqa hech qayerda uchratmaysiz. Folklor jamoalari ijrosidagi qo‘shiqlar so‘ziga tushunmasam-da, uning o‘ynoqiligi, avji, maftunkorligi meni butunlay sehrlab qo‘ydi. Nota va dirijyorsiz ijro etiladigan xalqona qo‘shiqlar Yevropada yo‘q. Haqiqatan jozibali, odamning havasini tortadi. Bunday tadbirlar har qanday sayyohni ham maftun etishi turgan gap. 

Festival doirasida o‘tkazilgan kurash musobaqasida 100 dan ziyod polvon 8 vazn toifasida gilamga tushgan bo‘lsa, 10 dan ortiq oshpaz Buxorocha va Andijoncha palov tayyorlab, mehmonlarga taqdim etdi. 

– Bir guruh sayyohlar qatori meni ham oshga taklif qilishdi, – deydi rossiyalik sayyoh Yelena Tyaneva. – Palov juda zo‘r ekan, ayniqsa, qanday ziravorlar ishlatilgan bilmadimu, lekin bunaqasini boshqa hech qayerda tayyorlasha olmaydi. Hidi dimog‘ingizdan ketmaydi. 

Tadbir doirasida viloyat musiqali drama teatrida “Ko‘hna va boqiy Buxoro” mavzuida ilmiy-amaliy anjuman ham o‘tkazildi. Unda tarixchi va etnograf olimlar qadim shahar o‘tmishi, ana’analari haqida so‘z yuritish barobarida, Buxoroga sayyohlarni jalb etishga qaratilgan loyihalar xususida fikr almashdi. 

Buxoro viloyatida ayni paytda 120 dan ziyod mehmonxona faoliyat ko‘rsatmoqda. Festivalda sayyohlarga xizmat ko‘rsatish sifati va madaniyatini targ‘ib qilishga qaratilgan “Eng yaxshi mehmonxona”, “Eng yaxshi tur-firma” ko‘rik-tanlovi ham o‘tkazildi. 

Festival viloyatning taniqli va yosh san’atkorlari ishtirokidagi gala-konsert bilan yakunlandi. 

Tadbirda Buxoro viloyati hokimi O‘.Barnoyev so‘zga chiqdi.

 

Erkin Yodgorov, O‘zA

Поделиться