O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Jamiyat

O‘zbekiston va Qirg‘iziston: barqaror iqtisodiy munosabatlarning shartnomaviy- huquqiy asosi mustahkamlandi

06.10.2017Jamiyat

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2017-yil 4-oktabr kuni bo‘lib o‘tgan o‘n ikkinchi yalpi majlisida ma’qullangan «O‘zbekiston Respublikasi bilan Qirg‘iziston Respublikasi o‘rtasida o‘zbek-qirg‘iz davlat chegarasi to‘g‘risidagi shartnomani (Bishkek, 2017-yil 5-sentabr) ratifikatsiya qilish haqida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolandi va kuchga kirdi.

Poytaxtimizda sug‘urtalash va qayta sug‘urtalash masalalariga bag‘ishlangan X Toshkent xalqaro forumi ish boshladi

06.10.2017Jamiyat

“Saipro” axborot-reyting agentligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Sug‘urta bozorining professional ishtirokchilari uyushmasi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda O‘zbekiston, Buyuk Britaniya, Chexiya, Rossiya va Belarus davlatlarining vazirlik va idoralari, sug‘urta, lizing, audit va sarmoya kompaniyalari, reyting agentliklari vakillari ishtirok etmoqda.

O‘zbekiston va Rossiya Qurolli Kuchlari o‘quv mashqi: eng maqbul harakat usullari rejalashtirildi

06.10.2017Jamiyat

Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrugining “Forish” tog‘-dala o‘quv maydonida O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirliklari qo‘shinlari bo‘linmalarining maxsus taktik-o‘quv mashqlari davom etmoqda.

Mavsumga tayyorgarlik: muammo va yechimlar

06.10.2017Jamiyat

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi markaziy kengashi tomonidan “Uy-joy, kommunal xo‘jaligi sohasidagi muammo va yechimlar: unda O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi tashkilotlarining ishtiroki” mavzuida seminar o‘tkazildi.

Bozorlarimizda qulay sharoitlar yaratilmoqda. Biroq...

06.10.2017Jamiyat

Mamlakatimizda bozorlar faoliyatini takomillashtirish, ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, xizmat ko‘rsatish darajasini yuksaltirish, sotuvchi va xaridorlar uchun qulay shart-sharoit yaratish yuzasidan keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Davlatimiz rahbarining joriy yil 27-martdagi “2017-2019-yillar davrida dehqon bozorlarini rekonstruksiya qilish va ularning hududida zamonaviy savdo majmualari qurish dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori bu borada muhim dasturilamal bo‘lmoqda.

Taraqqiyot yo‘lidagi takliflar qo‘llab-quvvatlanmoqda

06.10.2017Jamiyat

O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 72-sessiyasidagi nutqi mazmun-mohiyatini o‘rganish, bu boradagi targ‘ibotni kuchaytirish maqsadida «Tinchlik va taraqqiyot yo‘lidagi dolzarb tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlaymiz» mavzuida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Partiya loyihalari muhokama qilindi

06.10.2017Jamiyat

Poytaxtimizda Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi hamda partiyaning Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyasining qo‘shma yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Dori-darmon: Sun’iy taqchillik, import qilishdagi ortiqcha tartib-taomillarga chek qo‘yiladi

06.10.2017Jamiyat

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining rasmiy saytida ushbu sarlavha ostida berilgan maqolada davlatimiz rahbarining 2016-yil 31-oktabrida qabul qilingan “Aholini dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta’minlashni yanada yaxshilashga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq dori vositalarining narxi sezilari pasaygani, mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash, xalqimizni sifatli va arzon dori vositalari bilan ta’minlash tizimi takomillashtirilgani ta’kidlanadi.

Islom dini tinchlik va ezgulikka xizmat qiladi

05.10.2017Jamiyat

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Amerika Qo‘shma Shtatlariga tashrifi, BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida so‘zlagan nutqi ko‘p qirrali mazmundorligi bilan xalqaro ahamiyat kasb etdi.

Ma’muriy islohotlar taraqqiyotimizga xizmat qiladi

05.10.2017Jamiyat

Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi hamda qator vazirlik, idoralar, oliy o‘quv yurtlari bilan hamkorlikda tashkil etilgan ilmiy-amaliy konferensiyada Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 8-sentabrdagi «O‘zbekiston Respublikasida Ma’muriy islohotlar konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi farmoni mazmun-mohiyati o‘rganildi.

Qonun loyihasi muhokamasiga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi

05.10.2017Jamiyat

Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutida O‘zbekiston Respublikasining “Odam a’zolari va to‘qimalarini transplantatsiya qilish to‘g‘risida”gi qonuni loyihasi muhokamasiga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi. 

O‘zbekiston va Rossiya Qurolli Kuchlarining hamkorlikdagi mashqlari doirasida ilmiy anjuman o‘tkazildi

05.10.2017Siyosat

O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrugining “Forish” tog‘-dala o‘quv maydonida davom etayotgan O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirliklari qo‘shinlari bo‘linmalarining maxsus taktik-o‘quv mashqlari doirasida “O‘tish murakkab bo‘lgan tog‘li hududlarda noqonuniy qurollangan kuchlarni yo‘q qilish bo‘yicha aksilterror operatsiyalarni tashkil etish va o‘tkazish” mavzusida harbiy ilmiy konferensiya o‘tkazildi. 

14 harbiy oila yangi uyga ko‘chib o‘tdi

05.10.2017Jamiyat

Milliy xavfsizlik xizmati chegara qo‘shinlarining Jizzax viloyati Yangiobod tumanida joylashgan harbiy qismlaridan birida harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari uchun 10 xonadonli bitta yangi uy qurilib, 4 xonadonli bitta qayta rekonstruksiya qilingan turar joy binosi foydalanishga topshirildi.

Yagona o‘lchash birligini ta’minlash takomillashmoqda

04.10.2017Jamiyat

Poytaxtimizdagi Milliy matbuot markazida «O‘zstandart» agentligi tomonidan «Respublika hududida yagona o‘lchash birligini ta’minlash borasida belgilangan chora-tadbirlar: muammo va yechim» mavzuida matbuot anjumani tashkil etildi.

Korrupsiyaga qarshi kurashishning samarali vositasi

04.10.2017Jamiyat

Jamiyatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish, unga yo‘l qo‘ymaslik, jinoyatga jazo, albatta, muqarrar ekani to‘g‘risidagi qonun talablarini amalda ta’minlash bo‘yicha qat’iy choralar ko‘rilmoqda. Bu jarayonda shu maqsadga qaratilgan qonunchilik har tomonlama mukammallashtirilmoqda.

“O‘zekspomarkaz”da “Ipak yo‘lida turizm” 23-Toshkent xalqaro turizm yarmarkasi ochildi

04.10.2017Iqtisodiyot

O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va BMT Jahon sayyohlik tashkiloti tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Toshkent shahar hokimligi, boshqa tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan tadbirning ochilish marosimida mamlakatimiz va xorijiy davlatlarning sayyohlik firma va kompaniyalari, mehmonxonalar mutaxassislari, diplomatik korpus va soha vakillari ishtirok etdi.

Oliy Majlis Senati yalpi majlisi oldidan qo‘mitalar majlislari bo‘lib o‘tdi

04.10.2017Jamiyat

Toshkent shahrida 2017-yil 4-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘n ikkinchi yalpi majlisi bo‘lib o‘tadi. Majlis kun tartibiga 8 masala kiritilgan.

Sud tizimi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan qachon to‘liq qamrab olinadi?

04.10.2017Jamiyat

Savolga O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining o‘rinbosari
Xolmo‘min Yodgorov javob berdi.
 

O‘zbekiston va Rossiya Qurolli Kuchlarining hamkorlikdagi mashqlari boshlandi

04.10.2017Jamiyat

Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrugining “Forish” tog‘-dala o‘quv maydonida O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirliklari qo‘shinlari bo‘linmalarining maxsus taktik-o‘quv mashqlari boshlandi. 

Elektron sudlov–adolatni ta’minlashda samarali vosita

03.10.2017Jamiyat

Odil sudlov samaradorligini oshirish maqsadida sud tizimiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari joriy etilayotgani sohada ochiqlikni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etayotir.