O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

80 nafar profilaktika inspektoriga xizmat uylari kaliti topshirildi

2017-10-23 | Jamiyat

Navoiy shahridagi Alisher Navoiy nomidagi markaziy madaniyat va istirohat bog‘ida Navoiy viloyati ichki ishlar boshqarmasi ichki ishlar organlari tayanch punktlari profilaktika inspektorlarining o‘zlari xizmat qilayotgan hududda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash, fuqarolarning qonuniy manfaatlarini ishonchli himoyalash uchun qasamyod qabul qilish marosimi o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolari, turli vazirlik va idoralar, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, nuroniylar, yoshlar, profilaktika inspektorlarining oila a’zolari ishtirok etgan tadbirda profilaktika inspektorlariga zamonaviy xizmat uylari va imtiyozli kredit asosida xarid qilingan yangi avtomashinalar kalitlari tantanali ravishda topshirildi. 

Viloyat hokimi Q.Tursunov va boshqalar Prezidentimiz rahnamoligida profilaktika inspektorlarining samarali faoliyat ko‘rsatishi uchun barcha sharoit yaratilib, keng imtiyoz va yengilliklar berilayotganini ta’kidladi. Ular o‘z xizmat hududida zamonaviy uy-joy va imtiyozli asosda shaxsiy avtomobil bilan ta’minlanmoqda. Bu mahallalarda osoyishtalikni ta’minlash, fuqarolarning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishda yuksak samaralar berayotir. 

Navoiy viloyatida 209 nafar profilaktika inspektori faoliyat ko‘rsatmoqda. Ularning o‘z hududida aholi xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarlik va jinoyatlarning oldini olish maqsadida muntazam profilaktika tadbirlari olib borishi uchun barcha sharoit va imkoniyat yaratilmoqda. Bu borada mahalla fuqarolar yig‘inlari, davlat va jamoat tashkilotlari bilan yaqin hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan. 

Prezidentimizning joriy yil 20 apreldagi “Ichki ishlar organlari tayanch punktlarining profilaktika inspektorlarini xizmat uy-joyi bilan ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq viloyatdagi 80 nafar profilaktika inspektoriga xizmat uyi va imtiyozli kredit asosida xarid qilingan yangi avtomobil kaliti topshirildi. 

– Xalqimizning biz, ichki ishlar idoralari xodimlariga bo‘lgan ishonchini oqlash yo‘lida Vatanimiz va Prezidentimizga sadoqat bilan xizmat qilishga qasamyod etganimiz kasbimizning naqadar mas’uliyatli va sharafli ekanidan dalolat, – deydi Nurota tumani Chuya mahallasi profilaktika inspektori Oybek Arziyev. – Hududning o‘zidan barcha qulayliklarga ega xizmat uyi hamda imtiyozli kredit asosidagi mashina berilgani mas’uliyatimizni yanada oshiradi. Hududimizdagi 8 mingdan ziyod aholi bilan hamjihatlikda ishlab, mahalla faollari hamkorligida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish, profilaktika tadbirlari samaradorligini oshirishga harakat qilmoqdamiz. 

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi N.Yo‘ldoshev, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, Respublika Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi T.Norboyeva, ichki ishlar vaziri P.Bobojonov ishtirok etdi.

 

Nuriddin Rahimov, O‘zA

Поделиться