O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Buxoroda “Markaziy Osiyoda nochiziqli dinamika kunlari” mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi

2017-10-25 | Fan

Toshkentdagi Turin politexnika universiteti va O‘zbekiston fizika jamiyati hamkorligida tashkil etilgan tadbirda mamlakatimiz va xorijlik olimlar, soha mutaxassislari ishtirok etdi.

– Keyingi yillarda fizika fani tobora rivojlanib, yangi-yangi ixtirolar kashf etilmoqda, – deydi O‘zbekiston fizika jamiyati raisi, fizika-matematika fanlari doktori, professor D.Matrasulov. – Ushbu fanning murakkab tizimlar fizikasi va nochiziqli dinamika deb ataluvchi yo‘nalishlarining zamonaviy usullari nafaqat tabiiy fanlar, balki iqtisodiy, ijtimoiy fanlar, ekologiya, epidemiologiya kabi qator sohalarga samarali tatbiq etilmoqda. Masalan, murakkab tizimlar fizikasini o‘rganish nazariy metodlari seysmologiya, tabiiy ofat, ya’ni halokatlar nazariyasi, geologiya, sotsiologiya, tibbiyot singari sohalardagi muammolarni hal etishda qo‘l kelayotir. Ishlab chiqilgan yangi usullar, ayniqsa, zilzila va texnogen hodisalarni modullashtirishda ijobiy natija bermoqda. 

Tadbirda nochiziqli dinamika va tartibsizlik (chalkashlik) nazariyasi, beqaror, ya’ni o‘zgaruvchan statistik fizika, murakkab tarmoqlar va neyrodinamika, murakkab atmosfera hodisalari kabi dolzarb muammolar muhokama qilinishi asnosida o‘zaro tajriba almashildi, tavsiya va takliflar o‘rtaga tashlandi. 

Konferensiyada mamlakatimizning bir qator yosh olimlari o‘z tadqiqotlari taqdimotini o‘tkazdi. Bu ularning nazariy bilimini oshirishga, ilmiy qarashlarini mantiqiy asoslash ko‘nikmasini shakllantirishga xizmat qildi.

 

Erkin Yodgorov, O‘zA

Поделиться