O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Jamiyat

O’zbekistonning viza siyosati NHK nigohida

20.02.2018Jamiyat

Yaponiyadagi NHK teleradiokompaniyasining yangiliklar dasturlarida hamda Kunchiqar mamlakat qator elektron nashrlarida O’zbekistonda xorijlik sayyohlar uchun viza berish tartibi soddalashtirilgani mavzusiga tez-tez murojaat qilinmoqda.

Yangi yildagi rejalar muhokama qilindi

20.02.2018Jamiyat

Joriy yilning 3 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan Vazirlar Mahkamasi komplekslari faoliyatini tahlil qilish va yangi ustuvor vazifalarni belgilashga bag‘ishlangan yig‘ilishda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar va o‘zgarishlarni joylarda odamlar sezishi kerakligi va buning uchun quyi bo‘g‘indagi ishlar samaradorligini oshirish, oddiy odamlarning dardi va tashvishi bilan yashash barcha rahbar va mutasaddilar faoliyatining asosiy mezoniga aylanishi zarurligi haqida so‘z yuritilgan edi.

Samarali tashqi siyosat–rivojlanish omili

19.02.2018Jamiyat

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari hamda Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qo‘mitalari tomonidan mamlakatimiz milliy xavfsizligi va tashqi siyosatining huquqiy asoslarini yanada takomillashtirish masalalariga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etildi.

Buxoro shahridaggi 54-maktabgacha ta’lim muassasasi mukammal ta’mirdan so’ng foydalanishga topshirildi, 16/02/2018

19.02.2018Jamiyat

Muassasaning ochilish marosimida mamlakatimizda yosh avlodning jismonan sog’lom va ma’nan yetuk insonlar bo’lib ulg’ayishi, zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni puxta egallashi uchun barcha sharoitlar yaratilayotgani alohida ta’kidlandi.

Inson huquqlari va erkinliklari-oliy qadriyat

19.02.2018Jamiyat

O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida Huquqni muhofaza qiluvchi va boshqa davlat organlari tomonidan inson huquqlari va erkinliklariga rioya etilishi holatini o’rganish bo’yicha Idoralararo ishchi guruhining navbatdagi majlisi bo’lib o’tdi.

“Citizens Advice”: fuqarolarga maslahat berishning Britaniya tajribasi

19.02.2018Jamiyat

2018-yil 16-fevral kuni O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida Buyuk Britaniya elchixonasining Bishkek shahridagi Markaziy Osiyo bo’yicha xududiy dasturi menedjeri Nil Martin ishtirokida uchrashuv bo’lib o’tdi.

Sayyor qabul–fuqarolar muammolarini hal etishning maqbul yo‘li

19.02.2018Jamiyat

Toshkentdagi “O‘zekspomarkaz” ko‘rgazmalar majmuida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Toshkent shahridagi Xalq qabulxonasi, Toshkent shahar va poytaxt tumanlari hokimlari, boshqa mutasaddi tashkilotlar rahbarlarining sayyor qabuli o‘tkazildi.

IIV vaziri Po‘lat Bobojonov: Xalq davlatdan rozi bo‘lishi ko‘p jihatdan fidoyiligimizga bog‘liq va biz bu maqsadga albatta erishamiz

19.02.2018Jamiyat

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev xalqimiz hamma narsadan ustun qo‘yadigan adolatni hayotimizda tom ma’noda qaror toptirishga alohida e’tibor qaratmoqda. Bu ichki ishlar organlari tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarda ham o‘z ifodasini topayotir.

Do‘stlik festivali

16.02.2018Jamiyat

Qashqadaryo viloyatining Mirishkor tumanida “O‘zbekiston – umumiy uyimiz” shiori ostida festival bo‘lib o‘tdi.

Jizzaxda 30 mingdan ziyod soliq to‘lovchi interaktiv xizmatlardan foydalanmoqda

16.02.2018Jamiyat

Mamlakatimiz soliq ma’muriyatchiligi jarayoniga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va ilg‘or avtomatlashtirilgan tahlil uslublari keng joriy etilayotgani soliq to‘lovchilarga, avvalo, tadbirkorlik subyektlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotsiz elektron xizmat ko‘rsatish imkoniyatini yaratmoqda. 

Angren shahri yaqinida joylashgan dala-o‘quv maydonida yoshlar uchun ko‘rgazmali taktik-o‘quv mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi

16.02.2018Jamiyat

O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va Angren shahar hokimligi tomonidan tashkil etilgan tadbirda harbiy qism shaxsiy tarkibi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi shahar kengashi vakillari, ta’lim muassasalari o‘quvchilari va o‘qituvchilar ishtirok etdi.

Sayyor mehnat yarmarkalariga ishsiz yoki vaqtincha ish bilan band bo‘lmagan 400 ga yaqin fuqaro taklif etildi

16.02.2018Jamiyat

Namangan viloyatining Kosonsoy tumanida O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, viloyat hokimligi, viloyat bandlik bosh boshqarmasi hamda davlat va jamoat tashkilotlari hamkorligida sayyor mehnat yarmarkalari o‘tkazilmoqda.

Latviya ekspertlari ishtirokida o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi

16.02.2018Jamiyat

DBQning Milliy kinologiya Markazida joriy yilning 6-8 fevral kunlari BOMKA-9 dasturi doirasida Latviya bojxona xizmatining ekspertlari ishtirokida xizmat itlarini tayyorlash va o‘quv jarayonini tashkil etish bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

Hisobotlarda shuncha yangi ishlar joylar yaratildi, deya qayd etilayotgan raqamlar HAQQONIYmi?

16.02.2018Jamiyat

– Kasaba uyushmalarining yuridik xizmatlari yordamida fuqarolarning haq huquqlari tiklanishiga erishilmoqda, – deydi O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi bo‘lim mudiri Mahmudjon Isayev. – 2017-yil davomida kasaba uyushma tashkilotlari tomonidan 47 mingta korxona va tashkilotda 210 ming yangi yaratilgan ish joylarining xaqqoniyligi o‘rganildi. Tadbir davomida 92 ta xo‘jalik subyektida 387 ta ish o‘rni o‘z vaqtida tashkil etilmagani aniqlandi. Shuningdek, fermer xo‘jaliklarini o‘rganish mobaynida 43 ming yangi ish o‘rnidan 1016 tasi o‘z vaqtida tashkil etilmaganligi, xususiy tadbirkorlik sohasida esa tashkil etilishi lozim bo‘lgan 37 ming yangi ish o‘rnidan 76 tasi rejadagi muddatda yaratilmagani aniqlandi. Ushbu faktlar bo‘yicha, kasaba uyushmalari tomonidan ularning sabablari tahlil qilinib, ijtimoiy sheriklar bilan birgalikda joylardagi ijro organlariga takliflar kiritildi.

O‘rtacha oylik ish haqi 12.3 foizga o‘sdi

16.02.2018Jamiyat

2017-yilning yanvar-dekabr oylarida yurtimizda nominal hisoblangan o‘rtacha oylik ish haqini 2016-yil bilan taqqoslaganda, 12,3 foiz o‘sishga erishildi. Yollanma xodimlar daromadlari esa 12,8 foiz o‘sdi.

Poytaxtimizda UZINFOCOM-2018 anjumani bo‘lib o‘tdi

16.02.2018Jamiyat

Joriy yilning 15 fevralida Toshkent shahrida UZINFOCOM-2018 anjumani tashkil qilindi. Tadbir ishtirokchilari UZINFOCOM Yagona integratorining maqsad-vazifalari, yangicha ishlash uslublari, uning hamkor va buyurtmachilar bilan o‘zaro aloqalari bilan tanishdilar. Anjumanda xalqaro AKT-ishlab chiqaruvchi va yetkazib beruvchi kompaniyalar, tizim integratorlari, yetakchi konsalting kompaniyalari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.

“Fazo-Luxe” bozorda o‘z o‘rnini topmoqda

16.02.2018Jamiyat

Inson o‘zi xohlagan ishni qilsa, bajarayotgan yumushidan ko‘ngli to‘ladi, ma’naviy ozuqa oladi, qolaversa, ro‘zg‘ori but bo‘ladi. Sherzod Shukurlayev ham hayotda shuni o‘ziga shior qilib olgan odamlardan, desak mubolag‘a qilmagan bo‘lamiz. U anchadan beri tibbiyot buyumlari ishlab chiqaradigan korxona tashkil qilishni orzu qilib yurardi.Do‘stlari, oila a’zolari, o‘ziga yaqin odamlar bilan maslahatlashib, bundan uch yil ilgari shu yumushga qo‘l urdi.

O’zbekiston va Turkiya aksilterror yo’nalishdagi hamkorlikni mustahkamlaydi

16.02.2018Jamiyat

O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Interpolning Anqaradagi Milliy markaziy byurosi boshqarmasi bilan Suriya va Iroq davlatlarida terrorchilik guruhlari tomonida turib jang qilgan va jang qilib kelayotganlarning shaxsini aniqlash va qidirish borasida hamkorlikni yanada mustahkamlaydi.