O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Hisobotlarda shuncha yangi ishlar joylar yaratildi, deya qayd etilayotgan raqamlar HAQQONIYmi?

2018-02-16 | Jamiyat

– Kasaba uyushmalarining yuridik xizmatlari yordamida fuqarolarning haq huquqlari tiklanishiga erishilmoqda, – deydi O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi bo‘lim mudiri Mahmudjon Isayev. – 2017-yil davomida kasaba uyushma tashkilotlari tomonidan 47 mingta korxona va tashkilotda 210 ming yangi yaratilgan ish joylarining xaqqoniyligi o‘rganildi. Tadbir davomida 92 ta xo‘jalik subyektida 387 ta ish o‘rni o‘z vaqtida tashkil etilmagani aniqlandi. Shuningdek, fermer xo‘jaliklarini o‘rganish mobaynida 43 ming yangi ish o‘rnidan 1016 tasi o‘z vaqtida tashkil etilmaganligi, xususiy tadbirkorlik sohasida esa tashkil etilishi lozim bo‘lgan 37 ming yangi ish o‘rnidan 76 tasi rejadagi muddatda yaratilmagani aniqlandi. Ushbu faktlar bo‘yicha, kasaba uyushmalari tomonidan ularning sabablari tahlil qilinib, ijtimoiy sheriklar bilan birgalikda joylardagi ijro organlariga takliflar kiritildi.

Ish jarayonida salomatligini yo‘qotgan, kasb kasalligiga chalingan yoxud boquvchisini yo‘qotgan xodimlar va shaxslarning hquq va manfaatlarini muhofaza qilish borasida Kasaba uyushmalari tomonidan tizimli ishlar olib borildi. Xususan, kasaba uyushmalari mutaxassislari mehnat majburiyatlarini bajarish chog‘ida kasb kasalliklariga chalingan yoki salomatligiga boshqacha tarzda zarar yetkazilgani uchun zararni qoplash yuzasidan olib borilgan 40 ga yaqin sud ishlarida ishtirok etdi.
 
O‘tgan yilda jamoa shartnomalari orqali 2 yoshdan 3 yoshgacha farzand tarbiyasi bilan shug‘ullanayotgan 14 ming 596 nafar ayolga moddiy yordam ko‘rsatildi. 3 ming 523 ta tashkilotda 6066 nafar yosh bolali ayolning ish soati qisqartirilib, ularning mehnat qilishi uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratilgan.
 

Go‘zal Sattorova, O‘zA

Поделиться