O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Angren shahri yaqinida joylashgan dala-o‘quv maydonida yoshlar uchun ko‘rgazmali taktik-o‘quv mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi

2018-02-16 | Jamiyat

O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va Angren shahar hokimligi tomonidan tashkil etilgan tadbirda harbiy qism shaxsiy tarkibi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi shahar kengashi vakillari, ta’lim muassasalari o‘quvchilari va o‘qituvchilar ishtirok etdi.

Mashg‘ulotlar davomida mamlakatimiz mudofaa qobiliyatini mustahkamlash, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, armiya va xalq birligini ta’minlash, zamonaviy fikrlaydigan, yuksak mahorat hamda ma’naviy-axloqiy xislatlarga ega harbiy kadrlar tayyorlash samaradorligini oshirishga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi.

Yoshlar dala sharoitida harbiy texnika va qurol-aslahalardan foydalanib, harbiylik kasbining o‘ziga xos jihatlari bilan yaqindan tanishdi. Taktik-o‘quv mashg‘ulotlarida harbiylar tomonidan jangovar qurol va harbiy texnikalar imkoniyatidan, zamonaviy axborot texnologiyalari va aloqa vositalaridan unumli foydalanish yuzasidan tushunchalar berildi. Harbiy xizmatchilar ishtirokida hududni o‘rganish, pozitsiyalarni egallash, amaliy tarzda qo‘yilgan jangovar vazifa bajarilishi namoyish etildi.

– Bu kabi amaliy-ko‘rgazmali mashg‘ulotlarda birinchi bor qatnashayapman, – deydi Angren ko‘mir sanoati kasb-hunar kolleji o‘quvchisi S.Yo‘lchiyev. – To‘g‘ri, darsda o‘qituvchilarimizdan jangovar-o‘quv vazifalarni bajarish bo‘yicha muntazam nazariy bilimlarni o‘rganamiz. Lekin harbiy xizmatchilar bilan dala sharoitida ularning amaliy mashqlarini kuzatish, harbiy texnika va qurol-aslahalarni o‘z qo‘limiz bilan ushlab ko‘rish, uning ishlash tartibi va funksiyalari bilan yaqindan tanishish boshqacha bo‘lar ekan. Bu menda katta taassurot qoldirdi. Harbiy bo‘lish istagim yanada kuchaydi.

Tadbirda yoshlar harbiylar bilan dildan suhbat qurdilar, sohaga oid o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

 

Abdulaziz Musayev, O‘zA

Поделиться