O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Jamiyat

Muhim qonun loyihalari ko‘rib chiqildi

16.02.2018Jamiyat

Avval xabar qilinganidek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Kun tartibiga kiritilgan masalalar avvalroq siyosiy partiyalar fraksiyalarining, O‘zbekiston Ekologik harakati deputatlar guruhining, qo‘mitalar va ular huzurida faoliyat ko‘rsatayotgan ekspert guruhlarining majlislarida muhokama qilingan edi.

O’zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi delegatsiyasi Afg’onistonga tashrif buyurdi

16.02.2018Jamiyat

O’zbekiston Mudofaa vaziri o’rinbosari–Qurolli kuchlar Bosh shtabi rahbari general-mayor P. Ergashev boshchiligidagi mamlakatimiz delegatsiyasining Afg’oniston Islom Respublikasiga qilgan tashrifi yakunlandi.

“Xiva xonligi kanselyariyasi” YUNЕSKOning “Jahon xotirasi” dasturi ro’yxatiga kiritildi

15.02.2018Jamiyat

O’zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivida saqlanayotgan hujjatlardan biri — “Xiva xonligi kanselyariyasi” YUNЕSKOning “Jahon xotirasi” dasturi ro’yxatiga kiritildi. Bu haqda “O’zarxiv” agentligining rasmiy veb-saytida xabar berildi.

Ehtiyot bo‘ling, sotuvda xavfli mahsulot!

15.02.2018Jamiyat

“O‘zstandart” agentligi inson salomatligiga jiddiy zarar yetkazish mumkin bo‘lgan sotuvdagi mahsulot to‘g‘risida axborot berdi. 

Inson huquq va erkinliklari kafolatlarini ta’minlashga doir qonun loyihalari ko’rib chiqildi

15.02.2018Jamiyat

2018-yil 14-fevral kuni O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo’lib o’tdi. Deputatlar Davlatimiz rahbari tashabbusiga binoan parlament quyi palatasiga kiritilgan qonun loyihasini ko’rib chiqdilar, shuningdek Inson huquqlari bo’yicha vakilning 2017-yildagi faoliyati yakunlari to’g’risidagi axborotni eshitdilar.

Rossiyalik yoshlar Buxoroda

15.02.2018Jamiyat

Toshkentda o‘tkazilgan O‘zbekiston – Rossiya yoshlari ikkinchi forumi ishtirokchilari, Rossiya Federatsiyasi vakillari 14-fevral kuni Buxoro viloyatiga tashrif buyurdi.

O’zbekiston fuqarosi medalga tavsiya etildi

15.02.2018Jamiyat

O’zbekistonning Moskva shahridagi Elchixonasi ma’lumotiga ko’ra Moskva viloyati Sofrino qishlog’ida 2018-yil 31-yanvar kuni yuz bergan yong’in chog’ida 1976-yil 7-noyabrda Samarqand viloyatida tug’ilgan O’zbekiston fuqarosi Nuriddin Qirg’izov olov ichida qolgan uyni ko’rib Rossiya fuqarosi bo’lgan keksa ayolga yordam berish uchun o’t ichiga kirdi va natijada o’zi jarohatlandi.

Financial Times: “O’zbekistonda iliqlik davri boshlanmoqdami?”

15.02.2018Jamiyat

Britaniyaning nufuzli “Financial Times” gazetasi sahifasida chop etilgan maqolada ana shunday savol beriladi. Mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarga bag’ishlangan ushbu maqolaning muallifi Nayl Baklidir, deb yozadi “Jahon” axborot agentligi.

O‘zbekiston–Koreya do‘stligi: tarix sahifalari, istiqbol ufqlari

15.02.2018Jamiyat

Xalqaro press-klubning navbatdagi sessiyasi O‘zbekiston Respublikasi bilan Koreya Respublikasi o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 26 yilligiga bag‘ishlab “O‘zbekiston – Koreya do‘stligi: tarix sahifalari, istiqbol ufqlari” mavzuida o‘tkazildi.

Kim Dong Yon o‘zbekistonlik talabalarga ma’ruza o‘qidi

15.02.2018Jamiyat

Koreya Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari, strategiya va moliya vaziri Kim Dong Yon mamlakatimizga tashrifi doirasida Toshkent shahridagi Inha universitetida poytaxtimizdagi sakkiz oliy o‘quv yurtidan kelgan talabalarga ma’ruza o‘qidi.

Toshkent shahrida patrul-post xizmati naryadlarining kundalik dislokatsiyasini belgilash tartibi o’zgardi

15.02.2018Jamiyat

Toshkent shahridagi shahar ichki ishlar bo’limlari ichki ishlar bo’limlari sifatida qayta tashkil etiladi. Bu O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 14 fevraldagi “Toshkent shahrida jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish to’g’risida”gi qarori bilan belgilandi.

Mamlakatimiz tibbiyot tarixida birinchi marta jigar transplantatsiyasi muvaffaqiyatli o‘tkazildi

14.02.2018Sog‘liqni saqlash

O‘tgan yildan boshlab Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy xirurgiya markazida yaqin qarindoshlar o‘rtasida buyrak ko‘chirib o‘tkazish bo‘yicha operatsiyalar muvaffaqiyatli bajarib kelinmoqda, kuni kecha esa markazda mamlakatimiz tibbiyoti tarixida birinchi marta bemorga tirik donor qarindoshdan jigar bo‘lagini ko‘chirib o‘tkazish amaliyoti bajarildi, deb xabar beradi Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmati.

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi va ish boshladi

14.02.2018Jamiyat

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasidan O‘zAga ma’lum qilishlaricha, Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasiga yangi rahbar bugun tayinlangan. Yangi rahbar – general-mayor Jo‘rayev Rustam Mirzayevich bo‘lib, u jamoa bilan tanishtirilgan. R.Jo‘rayev ayni paytda o‘z ish faoliyatini boshlagan. 

Marhum “ishtiroki”da tuzilgan dalolatnoma

14.02.2018Jamiyat

Elektr energiyasidan kimdir noqonuniy tarzda foydalanib, to’lov majburiyatidan qochib yurgan bo’lsa, xalqona aytganda, Alining qarzini Validan undirish insofdan bo’lmaydi. Bu fikrga barchamiz qo’shilamiz. Shunga qaramasdan, elektr tarmoqlari korxonasida ishlayotgan ba’zi xodimlarning “uddaburon”ligi oldida hayratdan yoqa ushlashga majbur bo’lamiz.

Endi Toshkentga mavsumiy ishlar bilan shug‘ullanish uchun kelgan fuqarolardan vaqtinchalik propiska talab qilinmaydi

14.02.2018Jamiyat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni bilan qabul qilingan “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili” Davlat dasturida Toshkent shahri va viloyatida propiska bilan bog‘liq yangicha yondashuvlarni amalga tatbiq etish belgilangan edi.

Munozaralarga boy taqdimot

14.02.2018Jamiyat

Bugun iqtisodiyot vazirligi markaziy apparati xodimlarining Ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi - Ijro.gov.uz hamda “GERMES” elektron hujjat aylanish tizimlarida ishlash ko‘nikmalarini yanada oshirish maqsadida “UNICON.UZ” DUK hamda “BAIK Technologies” MCHJ mutaxassislari ishtirokida amaliy seminar-taqdimoti o‘tkazildi.

Bo'ron ogohlantiruvi

14.02.2018Jamiyat

Muloqot hamkorlikni mustahkamlaydi

14.02.2018Jamiyat

Mamlakatimizga tashrif buyurgan Rossiya Davlat dumasi deputati A.Juravlyov boshchiligidagi delegatsiya a’zolari O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligida bo‘ldi.

Hindiston dorishunoslari delegatsiyasi O‘zbekistonga keladi

14.02.2018Jamiyat

Joriy yil 20 – 23 fevral kunlari Hindiston kimyo sanoati va o‘g‘itlari davlat vaziri M.Mandaviya boshchiligidagi hind farmatsevtlari delegatsiyasi mamlakatimizda bo‘ladi.