O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Jamiyat
Jurnalistlarda "tushum" bormi? yoxud korrupsiyaga sababchilar kim? 12.02.2018JamiyatBugun jamiyatni poraxo‘rlikdan tozalash, bu illatning mamlakat taraqqiyotiga qay darajada salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani haqida ko‘p gapiryapmiz. “Korrupsiya” degan istiloh tilimizdan tushmay qoldi. Ommaviy axborot vositalarida, ijtimoiy tarmoqlarda kunda-kunora qaysidir sudyaning, ta’lim muassasasi ma’murining, bojxona yoki ichki ishlar xodimining katta miqdorda pora bilan qo‘lga tushgani haqida xabar tarqalmoqda. |
Ijtimoiy tarmoqlardagi yozishmalarga munosabat 12.02.2018JamiyatTurli ijtimoiy tarmoqlarda joylardagi Yo’l-harakati xavfsizligi xizmatining, jumladan Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumani IIB Yo’l-harakati xavfsizligi bo’limi va Toshkent shahar IIBB Yo’l harakati xavfsizligi boshqarmasi avtomototransport vositalarini ro’yxatdan o’tkazish va imtihon olish “Chilonzor” bo’linmasi faoliyatidan norozi bo’lib yozilgan xabarlardagi holatlar o’rganib chiqilib, O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi rahbariyati tomonidan nazoratga olindi. Hozirgi kunda kamchiliklarga yo’l qo’ygan xodimlarning xatti-harakatlariga baho berish va murojaat qilgan fuqarolarga xizmat ko’rsatishda qulaylik yaratish masalasi ko’rib chiqilmoqda. |
Internet tarmog’ida farg’onalik yosh qizchaning o’limi to’g’risida tarqalgan xabar yuzasidan raddiya 12.02.2018JamiyatJoriy yilning 9-fevral kuni Internet tarmog’ida farg’onalik besh yoshli qizchaning o’limi to’g’risida “Осторожно! Узбекистане появилась новая банда, ворующая детей на органы” mazmundagi tarqalgan xabar asossiz bo’lib, O’zbekiston Respublikasi hududida yosh bolalarni o’g’rilayotgan jinoiy guruhlar yo’qligi, farg’onalik qizchaning esa barcha ichki a’zolari mavjud bo’lib, olib qo’yish yoki transplantatsiya holatlari aniqlanmaganligini ma’lum qilamiz. |
Bundan 8 yil oldin yopib qo‘yilgan O‘zbekiston-Tojikiston chegara-bojxona posti ochildi 12.02.2018JamiyatFarg‘ona viloyati Beshariq tumanidagi “Andarxon” xalqaro maqomga ega bo‘lgan chegara-bojxona posti ochildi. Bu esa o‘zbek va tojik xalqlari do‘stligi jipsligi hamda hamjihatligi yo‘lidagi navbatdagi muhim qadam bo‘ldi. |
“Innovatsion faoliyat to‘g‘risida”gi qonun loyihasi muhokamaga qo‘yildi 12.02.2018JamiyatYagona interaktiv davlat xizmatlari порталига joylashtirilgan qonun loyihasida: |
Inspektor 300 dollar bilan qo‘lga tushdi 09.02.2018JamiyatIchki ishlar xodimlarini ko‘rganimizda tinchlik va osoyishtalik himoyachisi sifatida ularga ishonch va hurmatimiz oshadi. Zero, mas’uliyatli vazifani bajarayotgan bu soha vakillari tunu kun o‘z xizmat vazifasini sidqidildan bajarmoqda. Afsuski, ular orasida shunday sharafli kasbga dog‘ tushirayotganlar ham uchrab turibdi. |
Ijtimoiy tarmoqlarni larzaga solgan “Manyak” qamoqqa olindi 09.02.2018Jamiyat“Manyak” so‘zining o‘zi har qanday odamni seskantiradi. Chunki bir emas, bir nechta, boshqacha aytganda, seriyali qotilliklarni amalga oshirgan jinoyatchilar shunday nom oladi. |
Jizzax viloyat hokimining virtual qabulxonasi ochildi 09.02.2018TexnologiyalarO‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 28 dekabrda “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Jizzax viloyat hokimining virtual qabulxonasi (http://hokim.jizzax.uz) o‘z faoliyatini boshladi. |
Alisher Navoiy – millatimiz g‘ururi 09.02.2018JamiyatJoriy yilning 8 fevral kuni Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining kichik majlislar zalida Vazirlik huzuridagi “Ma’naviyat va ma’rifat” markazi tashabbusi bilan buyuk mutafakkir, davlat va jamoat arbobi Alisher Navoiy tavalludining 577 yilligiga bag‘ishlangan video-muloqot tashkil etildi. Respublika oliy ta’lim muassasalarining talaba-yoshlari hamda professor-o‘qituvchilarining bevosita ishtirokida o‘tkazilgan ushbu tadbir, Navoiyning boy adabiy merosini o‘rganish va targ‘ib etish, asarlarining mazmun-mohiyati, badiiy xususiyati va tarbiyaviy ahamiyatini talaba-yoshlar qalbi va ongiga chuqur singdirishga qaratildi. |
Islom Karimov – mustaqil O‘zbekiston asoschisi 09.02.2018Jamiyat“Turkiston” san’at saroyida Islom Karimov nomidagi Respublika xayriya jamoat fondi tomonidan tayyorlangan va nashr qilingan “Islom Karimov – mustaqil O‘zbekiston asoschisi” kitob-albomining taqdimotiga bag‘ishlangan “Otash kabi yonib, o‘zgalar yo‘lini yorit” shiori ostidagi tantanali marosim bo‘lib o‘tdi. |
Eskalatorni Navoiy kashf qilganmi yohud Navoiy asarida «jeleznыy chelovek» 08.02.2018Jamiyat“Inson hamisha o‘z hayotidagi muammolarni oson hal qilish maqsadida yashaydi. Uzoq masofalarni qisqa vaqtda bosib o‘tish, kuchli raqibni osongina yengish, istagan kishisini xohlagan vaqtida ko‘rish kabi g‘oyalar inson xayolining mahsulidir. |
Ichki ishlar bo‘limining sobiq katta inspektori sud zalidan ozod etildi 08.02.2018JamiyatJinoyat ishlari bo‘yicha Xo‘jayli tumani sudida fuqaro M.Munajovga nisbatan qo‘yilgan ozodlikdan mahrum qilish jazosi boshqa jazo turiga almashtirilib, u sud zalidan ozod etildi. |
Qalbaki dori vositalari 500 dollar bilan xaspo‘shlandi...mi? 08.02.2018JamiyatXalqimiz orasida qo‘lingdan kelsa yaxshilik qil, kelmasa, hech bo‘lmasa yomonlik qilma, degan ajoyib naql yuradi. Buning zamirida yomon yo‘lning oxiri – voy, mazmunidagi ogohlantirish ham bordek. Lekin oramizda bila turib yomon yo‘lni tanlash, yaxshilikka yomonlik bilan javob qaytarishdek ayanchli holatlar ham uchrab turadi. |
08.02.2018Jamiyat Mamlakatimizning amaldagi qonunchilik hujjatlariga ko‘ra, rangli metall parchalari va chiqindilarining eksporti O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki hukumatining qarori asosida amalga oshiriladi. |
O‘zbekiston ayollarining 100 ta eng yaxshi innovatsion loyihasi 07.02.2018JamiyatO‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi hamda uning qoshidagi Ixtirochi ayollar uyushmasi hamkorligida o‘tkazilayotgan "O‘zbekiston ayollarining 100 ta eng yaxshi innovatsion loyihasi" birinchi tanlovining yakuniy bosqichi doirasida Toshkentdagi Turin politexnika universitetida ko‘rgazma tashkil etildi.
|
Yigitlar harbiy xizmatga kuzatildi 07.02.2018JamiyatSirdaryo viloyati mudofaa ishlari boshqarmasi yig‘in punktida chaqiriluvchilarni O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safiga muddatli harbiy xizmatga kuzatish marosim bo‘lib o‘tdi. |
“Nol” xarid kiymatida beriladigan davlat mulki obyektlari bilan tanishing 07.02.2018JamiyatBarcha yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan, chet el investorlari e’tiboriga! |
Samarqanddagi 10 dan ortiq korxona va tashkilotda bojxona xodimlari tadbirkorlar bilan muloqot qildi 07.02.2018JamiyatO‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi raisi o‘rinbosari G‘.Shukurov, bojxona statistikasi va tahlil markazi boshlig‘i A.Sagitov hamda Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi boshlig‘i E.Solihov yangi loyiha va takliflar, mavjud muammo va kamchiliklarni o‘rganish maqsadida Samarqand viloyatidagi 10 dan ortiq korxona va tashkilotda bo‘lib, tadbirkorlar bilan muloqot qildi. |