O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Latviya ekspertlari ishtirokida o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi
2018-02-16 | Jamiyat
DBQning Milliy kinologiya Markazida joriy yilning 6-8 fevral kunlari BOMKA-9 dasturi doirasida Latviya bojxona xizmatining ekspertlari ishtirokida xizmat itlarini tayyorlash va o‘quv jarayonini tashkil etish bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi.
Ushbu tadbirning maqsadi O‘zbekiston Respublikasi huquqni muhofaza qilish organlarining kinologlarini malakasini oshirish, kinologiya xizmatini ish samaradorligini va sifatini yanada yaxshilash hamda uzoq muddatli o‘zaro xamkorlik bo‘lib hisoblanadi.
Tadbirda Latviya Respublikasining O‘zbekistondagi posoli M. Popkovs, posolning kotibi L. Yermatsane, UzByuroKЕS vakili N. Samandarova, MXX DCHHQQ kinologiya xizmati xodimlari qatnashdi. Seminarda Latviya Respublikasining Davlat daromadlari xizmati bojxona boshqarmasi kinologiya xizmati boshlig‘i A. Yezis, kinologiya xizmati katta eksperti V. Bikovskis leksiya va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazishdi.
Quyida ushbu tadbirdan olingan fotosuratlar bilan tanishish mumkin.