O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Yangi yildagi rejalar muhokama qilindi

2018-02-20 | Jamiyat

Joriy yilning 3 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan Vazirlar Mahkamasi komplekslari faoliyatini tahlil qilish va yangi ustuvor vazifalarni belgilashga bag‘ishlangan yig‘ilishda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar va o‘zgarishlarni joylarda odamlar sezishi kerakligi va buning uchun quyi bo‘g‘indagi ishlar samaradorligini oshirish, oddiy odamlarning dardi va tashvishi bilan yashash barcha rahbar va mutasaddilar faoliyatining asosiy mezoniga aylanishi zarurligi haqida so‘z yuritilgan edi.

Muhtaram Yurtboshimizning ko‘rsatma va topshiriqlari asosida 2018 yilning 20 yanvar kuni respublikadagi jami 9628 ta umumta’lim maktablarida ota-onalar, mahalla ahli va jamoatchilik uchun maktab rahbarlari tomonidan 2018 yilda ta’lim sifatini yaxshilashga qaratilgan ustuvor vazifalari to‘g‘risidagi taqdimotlar tashkil etildi.

Taqdimotda ishtirok etgan 3 mln. 270 ming nafardan ziyod ota-onalar, mahalla ahli va jamoatchilik vakillariga ta’lim va tarbiya jarayonini samarali tashkil etishda pedagoglar va ota-onalarning hamkorlik yo‘nalishi hamda harakat rejasini belgilab olish, qolaversa, umumiy o‘rta ta’lim tizimini rivojlantirish, ta’lim sifatini oshirish, voyaga yetmaganlar tarbiyasi va huquqbuzarliklarining oldini olish, o‘quvchilar davomatini yaxshilashda ota-onalar va jamoat tashkilotlari hamkorligini kuchaytirish, shuningdek, fan yo‘nalishlari va o‘quvchilarning qiziqishlariga oid to‘garaklar, sport seksiyalari, maktab kutubxonasi fondi haqida hamda maktabaning yutuq va muammolari to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, ota-onalarga ta’lim muassasalarida o‘quvchilarning davomati fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faollari va hududiy profilaktika inspektorlari bilan hamkorlikda qat’iy nazorat qilinishi, davomati past o‘quvchilarning ota-onalariga nisbatan jamoatchilik muhokamasi tashkil etilishi haqida tushuntirishlar olib borildi.

Taqdimotda halq ta’limi boshqaruv idoralari xodimlari, mahalliy hokimliklar vakillari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faollari, hududiy profilaktika inspektorlari, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi tuman (shahar) kengashi a’zolari ota-onalarni qiziqtirgan savollariga javob berdilar.

Taqdimot yakunida tashrif buyurgan ota-onalardan maktabda bolalar ta’lim-tarbiya olishlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar, o‘quvchilar davomati, uni yanada yaxshilash, dars jarayonlarining tashkil etilishi, mavjud muammolar va ularning yechimi, ta’lim-tarbiya sifati va samaradorligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarning natijadorligi, ota-onalar va ta’lim muassasa hamkorligini yanada mustahkamlash kabi ko‘plab masalalar bo‘yicha taklif va mulohazalari asosida amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan hamkorlikdagi vazifalar belgilab olindi.

 

Xalq ta’limi vazirligi
Matbuot xizmati

Поделиться