O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Sayyor mehnat yarmarkalariga ishsiz yoki vaqtincha ish bilan band bo‘lmagan 400 ga yaqin fuqaro taklif etildi

2018-02-16 | Jamiyat

Namangan viloyatining Kosonsoy tumanida O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, viloyat hokimligi, viloyat bandlik bosh boshqarmasi hamda davlat va jamoat tashkilotlari hamkorligida sayyor mehnat yarmarkalari o‘tkazilmoqda.

Tumanning Yangiyo‘l, Qo‘qumboy va Beshketmon mahallalarida tashkil etilgan shunday tadbirlardan ko‘zlangan maqsad qishloqlarda istiqomat qilayotgan ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar, uyushmagan yoshlarni haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb etish bo‘ldi.
 
Yarmarkada Kosonsoy va unga qo‘shni tumanlar, viloyat miqyosidagi 30 dan ortiq korxona, tashkilot va muassasa 780 bo‘sh ish o‘rni bilan ishtirok etdi. Tadbirga butunlay ishsiz yoki vaqtincha ish bilan band bo‘lmagan 400 ga yaqin fuqaro taklif etildi.
 
– Ijtimoiy muhofaza va turmush farovonligini oshirib borishning muhim vositasi bo‘lgan aholini ish bilan ta’minlash Prezidentimiz oldimizga qo‘yayotgan eng asosiy vazifalar sirasiga kiradi, – deydi Kosonsoy tumani bandlikka ko‘maklashish markazi rahbari Zoirjon Ahmedov. – Ishsizlarni haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb qilish ham bandlik dasturini ta’minlash borasidagi yo‘nalishlardan biridir. Bugungi yarmarkada markazimizga ish so‘rab murojaat qilganlardan 238 nafari ishga yo‘llanma oldi. Jumladan, 178 kishi haq to‘lanadigan jamoat ishi bilan ta’minlandi.
 
– Haq to‘lanadigan jamoat ishi bo‘yicha 78 kishi bilan mehnat shartnomasi tuzilib, ishga qabul qildik, – deydi tadbirkor Qodirjon Umarov. – Ularga to‘lanadigan ish haqining 50 foizi jamoat ishlari jamg‘armasi tomonidan qoplanishi ish beruvchiga ham muayyan bir imtiyoz berar ekan. Hisoblab chiqdim, 80 ga yaqin kishini shu asosda ish bilan ta’minlashimiz joriy yilning o‘zida 700 million so‘m mablag‘ni tejash imkoniyatini bermoqda.
 
Sayyor yarmarkada, shuningdek, tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi vakillari tomonidan 70 ga yaqin fuqaroning xorijda ishlab kelish masalasi yuzasidan murojaatlari asosida tushuncha va maslahatlar berilib, ularning ro‘yxati shakllantirildi.
 
Tuman hokimligi binosida tashkil etilgan ushbu tadbirda diniy- ekstremistik oqimlarga xayrixohlar va ularning ishsiz oila a’zolari bandligini ta’minlashga ham e’tibor qaratildi.
 
Yarmarkada 17 ish beruvchi subyekt o‘zida mavjud 80 dan ziyod bo‘sh ish o‘rnini taqdim etdi. Tumanda ish bilan band bo‘lmagan, maxsus hisobdan chiqarilgan fuqarolar va ularning oila a’zolaridan 18 nafari bilan korxona va tashkilotlar o‘rtasida mehnat shartnomalari rasmiylashtirildi.
 

Akramjon Sattorov, O‘zA

Поделиться