O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Sayyor qabul–fuqarolar muammolarini hal etishning maqbul yo‘li

2018-02-19 | Jamiyat

Toshkentdagi “O‘zekspomarkaz” ko‘rgazmalar majmuida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Toshkent shahridagi Xalq qabulxonasi, Toshkent shahar va poytaxt tumanlari hokimlari, boshqa mutasaddi tashkilotlar rahbarlarining sayyor qabuli o‘tkazildi.

Toshkent shahar hokimi R.Usmonov jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash tizimi yangiliklari haqida gapirdi. Ta’kidlandiki, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan xalqni eshitish, aholining talab va istaklarini ro‘yobga chiqarish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishiga aylandi. Pirovardida aholini yillar davomida qiynab kelayotgan muammolar o‘z yechimini topmoqda. Odamlarning xohish-istaklari ro‘yobga chiqmoqda.

Sayyor qabulda ma’lum qilinishicha, 2017 yilda Prezident Virtual va Xalq qabulxonalariga poytaxt aholisidan kelib tushgan 294 mingdan ortiq ariza va shikoyat ko‘rib chiqilgan. O‘rta hisobda ularning har 3 tasidan 2 tasi ijobiy hal etilgan. Bu murojaatlarning asosiy qismi uy-joy, yer maydonlari ajratish, sud-huquq, moddiy yordam ko‘rsatish, ish bilan ta’minlash kabi masalalarga daxldor. 

O‘tgan davr mobaynida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Toshkent shahri va tumanlaridagi Xalq qabulxonalari tashabbusi bilan davlat idoralari rahbarlarining 1 mingdan ziyod qabuli tashkil etildi. Ularda 6 mingdan ortiq fuqaro ishtiroki ta’minlandi.

Bugungi sayyor qabulda Toshkent shahar hokimi qabuliga kirish istagida bo‘lgan 150 fuqaro ishtirok etdi. Ularning murojaatlari, masalalarini ko‘rib chiqish va hal etish uchun poytaxtdagi 63 tashkilotdan mas’ul xodimlar, tuman hokimlari va tumanlardagi Xalq qabulxonasi mutasaddilari jalb etildi. 

Sayyor qabulga kelgan fuqarolar dastlab tuman hokimlari, masalasiga ko‘ra tegishli tashkilotlar mas’ul xodimlariga murojaat qildi. Murojaat tuman va tegishli tashkilot miqyosida hal etilmagan holatda bu masalani shahar hokimi o‘z vakolati doirasida ko‘rib chiqdi.

Uchtepa tumanidagi Ko‘ksaroy mahallasidan bir guruh otaxonlar uylariga ichimlik suvi yetib bormagani va kanalizatsiya tizimiga ulanmagani haqida murojaat bilan kelishgan ekan. Sayyor qabulda ular Toshkent shahar hokimi bilan shu masalada suhbatlashdi.

– Mahallamizga 2012 yilda 20 dan ziyod yangi oila ko‘chib keldi. Ana shu xonadonlar hozirgacha ichimlik suvi bilan ta’minlanmagan, – deydi “Ko‘ksaroy” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Ro‘ziboy Mutalov. – Bugun shahar hokimiga mavjud muammolarni aytdik. Bu oilalarni ichimlik suvi bilan ta’minlash bo‘yicha tegishli tashkilotlar mutasaddilariga topshiriq berildi. Kanalizatsiya tizimiga ulash masalasi esa keyinroq hal etiladigan bo‘ldi.

Sayyor qabulda hech bir murojaat e’tiborsiz qolmadi. Fuqarolarni qiynab kelayotgan masalalar bayonnomaga kiritilib, bajarilish muddatlari belgilandi.

Поделиться