O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Buxoro shahridaggi 54-maktabgacha ta’lim muassasasi mukammal ta’mirdan so’ng foydalanishga topshirildi, 16/02/2018
2018-02-19 | Jamiyat
Muassasaning ochilish marosimida mamlakatimizda yosh avlodning jismonan sog’lom va ma’nan yetuk insonlar bo’lib ulg’ayishi, zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni puxta egallashi uchun barcha sharoitlar yaratilayotgani alohida ta’kidlandi.
Mazkur maktabgacha ta’lim muassasasi 1985-yilda qurilgan bo’lib, shu kunga qadar mukammal ta’mirdan chiqarilmagan edi.
Mamlakat rahbari Sh.Mirziyeevning maktabgacha ta’lim tizimni tubdan isloh etish borasida amalga oshirayotgan islohotlari tufayli, bu kabi bolalar bog’chalari zamon talablari darajasiga keltirilmoqda.
Xususan, 280 o’ringa mo’ljalllangan ushbu maktabgacha ta’lim muassasasida 1 milliard 270 mln. qurilish-ta’mirlash ishlari amalga oshirilib, muassasa yumshoq va qattiq mebellar jamlamasi, bolalar uchun maxsus krovatlar, tibbiy asbob-uskunalar, musiqiy asboblar, turli o’yinchoq va boshqa zarur jihozlar bilan to’liq ta’minlandi. Shuningdek, bog’chaga kompyuterlar va kuzatuv kameralari ham keltirildi.
Eng muhim hududdagi 3-7 yoshgacha bo’lgan bolajonlar 100 foiz qamrab olindi