O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Jamiyat
Erkinjon Turdimov Senat aʼzoligiga saylandi 25.01.2019JamiyatOʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2019-yil 18-yanvardagi qaroriga asosan, 25-yanvar kuni viloyat hokimligi katta majlislar zalida xalq deputatlari Samarqand viloyati, tuman va shahar Kengashlari deputatlarining boʻshab qolgan oʻringa Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati aʼzosi saylovi boʻyicha qoʻshma majlisi boʻlib oʻtdi. |
25.01.2019Jamiyat Shimoliy-gʻarbiy harbiy okrugning Nukus garnizonida Qoraqalpogʻiston Respublikasi ichki ishlar organlarining jinoyatchilikka qarshi kurashish faoliyatini bevosita amalga oshiruvchi xodimlarini oʻqitish boʻyicha ixtisoslashtirilgan oʻquv-amaliy kurslari boshlandi. |
Shahar bosh loyihasi YUNЕSKO eksperti bilan muhokama qilindi 25.01.2019JamiyatShu kunlarda YUNЕSKO eksperti, Fransiya shaharsozlik instituti xalqaro aloqalar boʻyicha menejeri E.Xoyberxts rahbarligidagi delegatsiya Samarqand shahri mehmoni boʻlib turibdi. Delegatsiya aʼzolari viloyat va shahar hokimligi rahbarlari bilan uchrashuvlar oʻtkazdi. |
“O‘zstandart” agentligi tomonidan OAV xodimlari uchun matbuot anjumani tashkil etildi 23.01.2019JamiyatUnda Prezidentimizning 2018-yil 12-dekabrdagi “Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya tizimlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan vazifalar haqida ma’lumotlar berildi |
23.01.2019Jamiyat “O‘zstandart” agentligining bir guruh xodimlari joriy yilning 18-21 yanvar kunlari O‘zbekiston Respublikasining Indoneziyadagi Elchixonasi bilan birgalikda Jakarta shahrida Turizmni rivojlantrish davlat qo‘mitasi, va O‘zbekistonning Indoneziyadagi turizm elchisi maqomini olgan Gunadarma Universiteti rektori Margiantixonim, Indoneziya Milliy Standartlashtirish tashkiloti (IMST) va Indoneziya Ulamolar Kengashining Halol sertifikatlashtirish agentligi vakillari o‘rtasida uchrashuvlar o‘tkazildi. |
Fargʻona viloyati delegatsiyasining Rossiya Federatsiyasiga safari Samarali hamkorlikka qadam 23.01.2019JamiyatJoriy yilning oktabr oyida Toshkentda boʻlib oʻtgan Xalqaro Forumda Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasidagi har tomonlama aloqalarni mustahkamlash, oʻzaro iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy hamkorlikni yuksaltirish borasida maʼlum hujjatlar imzolangan edi. |
Oʻzbekiston-Germaniya qishloq xoʻjaligi sohasi boʻyicha hamkorlik qiladi 23.01.2019JamiyatGermaniya poytaxti Berlinda Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vazirligi, qishloq xoʻjalik ekinlari navlarini sinash davlat komissiyasi hamda Germaniyaning “Bundessortenamt” qishloq xoʻjaligi ekinlarini sinash federal markazi bilan hamkorlikda ikki mamlakat iqlimiga mos yuqori hosilli, sifatli navlarni ishlab chiqarish hamda bu borada ikki mamlakat tajribasini qoʻllash masalalariga bagʻishlangan uchrashuv boʻlib oʻtdi. |
Oʻzbekiston delegatsiyasi Saudiya Arabistoni Haj ishlari vaziri bilan uchrashdi 23.01.2019Jamiyat“Haj” va “Umra” tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish masalalari boʻyicha Jamoatchilik kengashi raisi Jasur Akramov boshchiligidagi delegatsiya aʼzolari Saudiya Arabistoni Haj ishlari vaziri bilan uchrashdi. |
Adliya xabari: davlat xizmatlari markazlari tomonidan “mahalladan maʼlumotnoma” berilmaydi 23.01.2019JamiyatOʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga muvofiq 2018-yil 15-oktabrdan davlat va xoʻjalik organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan davlat xizmatlari koʻrsatilishida fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining shaxsning yashash joyi boʻyicha (propiska qilinganligi) yashayotganligi, shaxsning ishsizligi hamda bolani, yolgʻiz shaxslarni, pensionerlarni va nogironlarni parvarish qilganligi haqida tasdiqlovchi hujjatlarini, shuningdek shaxsning tavsifnomasini taqdim qilish boʻyicha tartib bekor qilinishi hamda fuqarolarga davlat xizmatlari koʻrsatilishi jarayonida ushbu turdagi hujjatlarni olish zaruriyati tugʻilganda, davlat va xoʻjalik organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari mazkur maʼlumotlarni tegishlicha Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi organlaridan mustaqil ravishda, shu jumladan idoralararo elektron hamkorlik orqali soʻrab olishi belgilangan. |
“Oʻzstandart” agentligi: qaror ijrosi taʼminlanmoqda 23.01.2019JamiyatMilliy matbuot markazida davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning 2018-yil 12-dekabrdagi “Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya tizimlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” gi qarorining mazmun-mohiyati hamda uning ishlab chiqaruvchi va tadbirkorlar uchun ahamiyatiga bagʻishlab anjuman oʻtkazildi. |
Oʻzbekiston va Turkiyada isteʼmolchilar huquqlari himoya qilinadi 23.01.2019JamiyatOʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi va Turkiya isteʼmolchilar huquqlari uyushmasi oʻrtasida imzolangan hamkorlik memorandumiga muvofiq ikki mamlakat isteʼmolchilarining huquqlari muhofazasi isteʼmolchilar huquqini himoya qiluvchi har ikkala tashkilot hamkorligi doirasida amalga oshiriladi. |
Oʻzbekiston Haj delegatsiyasi rahbari Haj va Umra vaziri bilan uchrashdi 22.01.2019JamiyatSaudiya Arabistoni Podshohligining Haj va Umra vaziri Muhammad Solih bin Tohir Bintin taklifiga binoan Din ishlari boʻyicha qoʻmita raisi J.Akramov boshchiligidagi Oʻzbekiston delegatsiyasi mazkur davlatga xizmat safari bilan boʻlib turibdi. |
Hududlarda tinchlik-osoyishtalikni taʼminlash muhim vazifa 22.01.2019JamiyatMamlakatimizda huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. “Xavfsiz shahar”, “Xavfsiz xonadon”, “Xavfsiz turizm” konsepsiyalari amalga oshirilayotgani hududlarda jamoat tartibini taʼminlashga xizmat qilayotir. |
Imkoniyati cheklangan bolalar va yoshlar markazi delegatsiyasi bilan uchrashuv 22.01.2019Jamiyat2019-yilning 19-yanvar kuni Oʻzbekistonning AQSHdagi Elchixonasida mamlakatimiz Yoshlar ittifoqi koʻmagida AQSHga kelgan Imkoniyati cheklangan bolalar va yoshlar markazi delegatsiyasi bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. |
Kinodagi hamkorlikning yangi istiqbollari 21.01.2019Jamiyat“Oʻzbekkino“ milliy agentligida AQSHning “Unity Productions Foundation“ (UPF) nodavlat fondi rahbari, kinoprodyuser va rejissyor Daniel Tutt rahbarligidagi delegatsiya vakillari ishtirokida tadbir boʻlib oʻtdi. |
Hamkorlik kelishuvi asosida texnik ko‘rikdan o‘tkazish bo‘limlari tashkil etiladi 21.01.2019Jamiyat“O‘zstandart” agentligi tomonidan yurtimizda jismoniy shaxslarga tegishli bo‘lgan yengil avtotransport vositalarini majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish shaxobchalarini tashkil qilish bo‘yicha Janubiy Koreya davlatining “Si Resource Co. Ltd” hamda “Hydrogen Power Co. Ltd” kompaniyalari Agentlik huzuridagi “Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazi” o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi kelishuv imzolandi. |
“Galaktika” korporatsiyasi vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi 21.01.2019JamiyatToshkent shahar hokimligida Rossiya Federatsiyasining “Galaktika” korporatsiyasi vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Uchrashuv avvalida Davlat rahbarlari tashabbusi bilan Oʻzbekiston va Rossiya aloqalari rivojlanib borayotgani taʼkidlandi. |
Soliq va prokuratura rahbarlari joylarga chiqqan holda tadbirkorlar muammolarini hal etmoqda 21.01.2019JamiyatToshkent shahar davlat soliq xizmati organlarining 220 nafardan ziyod malakali xodimlari har kuni joylarga chiqqan holda umumbelgilangan soliq toʻlovi tartibiga oʻtayotgan korxonalar rahbar va bosh hisobchilari bilan muloqot oʻtkazmoqda. Ularning muammolari oʻrganilib, amaliy yordam koʻrsatilishi barobarida qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha tushuntirishlar berilmoqda. |
21.01.2019Jamiyat Hayʼat majlisini Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vaziri Sh.Xamrayev kirish soʻzi bilan ochib, Yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyev boshchiligida mamlakatimiz iqtisodiyotining barcha jabhalari singari suv xoʻjaligi tizimida ham islohotlarni yanada jadallashtirish, mavjud suv resurslaridan maqsadli va oqilona foydalanish, yerlarning meliorativ holati yaxshilash va barqarorligini taʼminlash, irrigatsiya va melioratsiya tizimlari, suv omborlari, nasos stansiyalari hamda boshqa suv xoʻjaligi va gidrotexnika inshootlarining faoliyati samaradorligini oshirish, suvdan foydalanuvchilar hamda suv isteʼmolchilarining suvdan foydalanish madaniyatini yuksaltirish kabi sohalarda keng koʻlamli ishlar amalga oshirilib, eʼtiborga molik natijalarga erishilayotganligini taʼkidladi. |
21.01.2019Jamiyat Xorazm sinov va sertifikatlashtirish markazi tomonidan viloyatning Hazorasp, Bog‘ot, Xonqa, Qo‘shko‘pir, Shovot, Gurlan, Yangiariq, Yangibozor, Xiva shahri va Xiva tumanlarida Prezidentimizning «Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya tizimlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorida belgilangan vazifalarning ijrosiga bag‘ishlangan seminar treninglar tashkil etildi. |