O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“Oʻzstandart” agentligi: qaror ijrosi taʼminlanmoqda

2019-01-23 | Jamiyat

Milliy matbuot markazida davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning 2018-yil 12-dekabrdagi “Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya tizimlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” gi qarorining mazmun-mohiyati hamda uning ishlab chiqaruvchi va tadbirkorlar uchun ahamiyatiga bagʻishlab anjuman oʻtkazildi. 

“Oʻzstandart” agentligi tomonidan tashkil etilgan tadbirda mazkur qaror ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda tizimdagi laboratoriyalarni rivojlantirish va ular faoliyatini xalqaro talablarga muvofiqlashtirishga katta ahamiyat qaratilayotgani haqida soʻz yuritildi. 

Bugungi kunda “Oʻzstandart” agentligi tizimida 55 ta sinov va qiyoslov laboratoriyasi faoliyat koʻrsatmoqda. Bunda laboratoriyalar ishini takomillashtirishda xalqaro moliya institutlarining grant mablagʻlarini oʻzlashtirishga eʼtibor qaratilgan. Masalan, oʻtgan yillar davomida Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazi qoshidagi oziq-ovqat mahsulotlarini sinash laboratoriyasida Janubiy Koreyaning KOICA dasturi boʻyicha zamonaviy 3 dona sinov uskunasi oʻzlashtirildi. Shuningdek, ayni chogʻda laboratoriyalarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlashda xalqaro moliya institutlari mablagʻlari va imtiyozli kreditlarini jalb qilish maqsadida Jahon bankidan 20,3 million dollar imtiyozli kredit olish yuzasidan ishlar olib borilmoqda. 

Tadbirda taʼkidlanganidek, mazkur qaror asosida “ Oʻzstandart” agentligi tizimidagi 9 ta hududiy markaz qoshida sinov laboratoriyalari hamda 1 ta yangi zamonaviy xalqaro talablarga toʻla javob beradigan sinov laboratoriyasi tashkil etiladi. Ularga 400 ga yaqin zamonaviy sinov uskunasi oʻrnatish koʻzda tutilgan. 

– Qarorning 1-bandiga asosan tadbirkorlik subyektlari ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun olib kiradigan Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan qishloq xoʻjaligi texnikasi, texnologik uskunalar, ularning butlovchi va ehtiyot qismlari, shuningdek, majburiy sertifikatlanishi lozim boʻlgan mahsulot ishlab chiqarishda foydalaniladigan nooziq-ovqat xom ashyo, material va buyumlar majburiy sertifikatlashtirishdan ozod qilinishi belgilangan, – dedi “ Oʻzstandart” agentligi matbuot xizmati rahbari Abdurauf Rasulov. – Shunga koʻra, bugungi kunga qadar 27 tadbirkorlik subyekti tomonidan olib kelingan 96 turdagi mahsulotlar (qishloq xoʻjalik texnikasi, metall mahsulotlari va boshqalar) majburiy muvofiqlik sertifikatlaridan ozod etildi. Olib kiriladigan isteʼmol mahsulotlarini majburiy sertifikatlash faqat agentlik tizimidagi sertifikatlashtirish idoralari tomonidan amalga oshiriladi. Masalan, shu kunga qadar respublika va hududiy sertifikatlashtirish idoralari tomonidan 390 dona muvofiqlik sertifikati berildi. Bundan tashqari, ushbu davrda 6 turdagi oziq-ovqat mahsulotlari, yaʼni (koʻk choy, makaron mahsulotlari, muzlatilgan tovuq goʻshti) qariyb 700 million soʻmlik mahsulotlar yorliqlanish va saqlanish boʻyicha nomuvofiq, deb topildi. 

Tadbirda mahsulotlarning eksport salohiyatini oshirish, eksport qilinayotgan davlatlarda sinov natijalarining tan olinishini taʼminlash maqsadida agentlik tomonidan sinov laboratoriyalarini xalqaro darajada akkreditatsiyadan oʻtkazish natijalari haqida ham maʼlumot berildi. 

 

Nasiba Ziyodullayeva, OʻzA

Поделиться