O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Nukus shahrida hamkorlikni kuchaytirishga qaratilgan ixtisoslashtirilgan oʻquv-amaliy kurslari boshlandi

2019-01-25 | Jamiyat

Shimoliy-gʻarbiy harbiy okrugning Nukus garnizonida Qoraqalpogʻiston Respublikasi ichki ishlar organlarining jinoyatchilikka qarshi kurashish faoliyatini bevosita amalga oshiruvchi xodimlarini oʻqitish boʻyicha ixtisoslashtirilgan oʻquv-amaliy kurslari boshlandi.

Shu munosabat bilan boʻlib oʻtgan tadbirga Qoraqalpogʻiston Respublikasi hukumati va qator davlat idoralarining rahbarlari, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari, polkovnik R.Xatamov, Shimoliy-gʻarbiy harbiy okrug qoʻmondoni, polkovnik F.Ortiqov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri, polkovnik A.Temirxanov va vazirlikning rahbar xodimlari qatnashdi. Unda Qurolli Kuchlar tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar mamlakatimizning mudofaa salohiyatini yanada oshirishga xizmat qilayotgani, shuningdek, yurtimizda tinchlik-osoyishtalikni taʼminlashda hamkorlikda ish olib borilayotgani yaxshi samara berayotgani taʼkidlandi.

- Ixtisoslashtirilgan oʻquv-amaliy kurslarini tashkil etishdan koʻzlangan asosiy maqsad Ichki ishlar, Mudofaa vazirliklari hamda Milliy gvardiya xodimlari va harbiy xizmatchilarining tinchlik-osoyishtalikni taʼminlashdagi hamkorligini yanada kuchaytirishdan iborat boʻlib, bu amaliyot ilk bor Qoraqalpogʻiston Respublikasida amalga joriy qilinmoqda, - deydi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari, polkovnik Sh.Ayubov. – Oʻquv-amaliy kurslar faoliyatini tashkil etish uchun zarur ijtimoiy-maishiy sharoitlar hamda oʻquv-moddiy bazasi yaratildi. Oʻquv kursiga jalb etiladigan xodimlarning yashashi, kiyim-kechak bilan taʼminlanishi, ovqatlanishi va oʻq-dorilarni moliyalashtirish mexanizmlari belgilab olindi. Tajribali mutaxassis xodimlar tomonidan oʻquv dasturi, xodimlar va harbiy xizmatchilar uchun jamoat tartibini saqlash va huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻyicha xizmatni birgalikda oʻtash tartibi ishlab chiqildi. Oʻquv-uslubiy qoʻllanmalar, maʼruzalar, oʻquv filmlari va axborotga oid materiallar tayyorlanib, yetarli miqdorda nashr ettirildi.

Ixtisoslashtirilgan oʻquv-amaliy kurslarda mashgʻulotlar innovatsion pedagogik texnologiyalarni qoʻllagan holda, shu jumladan, masofadan oʻqitishni tashkil etish orqali Ichki ishlar, Mudofaa vazirliklari, Milliy gvardiyaning tajribali rahbar xodimlari va professor-oʻqituvchilari tomonidan olib boriladi. Unda bir yil davomida Jinoyat qidiruv, Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash, Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash, Yoʻl-harakati xavfsizligi, Huquqbuzarliklar profilaktikasi, Tergov, Qoʻriqlash, Transportda jamoat xavfsizligini taʼminlash boshqarmalaridan ikki mingdan ortiq xodimini oʻqitish nazarda tutilgan.

Mazkur oʻquv kurslarining oʻtkazilishi barobarida, Qoraqalpogʻiston Respublikasida jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi hamda aholi oʻrtasida maʼnaviy-vatanparvarlik ruhini yanada yuksaltirish borasida ham kengqamrov tadbirlarni amalga oshirish belgilangan.

Поделиться