O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Hamkorlik kelishuvi asosida texnik ko‘rikdan o‘tkazish bo‘limlari tashkil etiladi
2019-01-21 | Jamiyat
“O‘zstandart” agentligi tomonidan yurtimizda jismoniy shaxslarga tegishli bo‘lgan yengil avtotransport vositalarini majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish shaxobchalarini tashkil qilish bo‘yicha Janubiy Koreya davlatining “Si Resource Co. Ltd” hamda “Hydrogen Power Co. Ltd” kompaniyalari Agentlik huzuridagi “Respublika sinov va sertifikatlashtirish markazi” o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi kelishuv imzolandi.
Kelishuv Memorandumi doirasida respublikamiz miqyosida 1 bosqichda umumiy qiymati 60 mln. AQSh dollari qiymatiga teng bo‘lgan 15 ta majburiy texnik ko‘rik shaxobchalari va avtomobillarga o‘rnatilgan gaz ballonlarni sinash laboratoriyalari tashkil qilish nazarda tutilgan.