O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
“O‘zstandart” agentligi tomonidan OAV xodimlari uchun matbuot anjumani tashkil etildi
2019-01-23 | Jamiyat
Unda Prezidentimizning 2018-yil 12-dekabrdagi “Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya tizimlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan vazifalar haqida ma’lumotlar berildi
Qarorning 1-bandiga asosan Xalqaro laboratoriyalarini akkreditatsiya qilish (ILAC) va xalqaro akkreditatsiya qilish forumi (IAF) to‘laqonli a’zolari hisoblangan davlatlarning sertifikatlashtirish idoralari tomonidan berilgan muvofiqlik sertifikatlari yoki sinov bayonnomalari taqdim etilganda, tadbirkorlik sub’ektlari o‘z ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun olib kiradigan ixtisoslashgan va qishloq xo‘jaligi texnikasi, texnologik uskunalar va ularning butlovchi va ehtiyot qismlari, nooziq-ovqat xom ashyo, material va buyumlar majburiy sertifikatlashtirishdan ozod qilinishi belgilangan.
Shunga ko‘ra, bugungi kunga qadar 27 tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan olib kelingan, 96 turdagi mahsulotlar (qishloq xo‘jalik texnikasi, metal mahsulotlari va boshqalar) majburiy muvofiqlik sertifikatlaridan ozod etildi.
Ayrim turdagi mahsulotlarga sertifikatlashtirish jarayonida nomuvofiq 6 (olti) turdagi oziq-ovqat mahsulotlari ya’ni (ko‘k choy, makaron mahsulotlari, muzlatilgan tovuq go‘shti) qariib 700,0 million so‘mlik mahsulotlar yorliqlanish va saqlanish bo‘yicha nomuvofiq deb topildi.