O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Kinodagi hamkorlikning yangi istiqbollari

2019-01-21 | Jamiyat

“Oʻzbekkino“ milliy agentligida AQSHning “Unity Productions Foundation“ (UPF) nodavlat fondi rahbari, kinoprodyuser va rejissyor Daniel Tutt rahbarligidagi delegatsiya vakillari ishtirokida tadbir boʻlib oʻtdi.

AQSHning “Unity Productions Foundation“ (UPF) nodavlat fondi aqidaparastlikka qarshi kurashish, dinlararo bagʻrikenglik gʻoyalarini ommaviy axborot vositalari orqali targʻib etishga asosiy eʼtibor qaratadi. Televizion filmlar, telekoʻrsatuvlar turkumini tayyorlash bilan shugʻullanadi. UPFning media va kino mahsulotlari uzoq muddatli maʼrifiy kampaniyaning bir qismi boʻlib, u diniy bagʻrikenglik gʻoyalarini keng targʻib etishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. 1999 yilda tashkil etilgan mazkur ijodiy tuzilma tomonidan yaratilgan filmlar ikki yuz milliondan ortiq auditoriya toʻplagani bilan ahamiyatlidir. Eʼtiborga molik jihati, bu telemahsulotlardan bahramand boʻlgan tomoshabinlarning aksariyati filmlar xususida ijobiy fikrlar bildirgan. Fond, shuningdek, Gollivuddagi kinosanoat mutaxassislari va ommaviy axborot vositalari bilan oʻzining “MOST“ resurs markazi orqali hamkorlik qilib, mashhur koʻrsatuvlarning mualliflari, prodyuserlariga faktlar, tadqiqotlarni taqdim etadi.
 
Uchrashuvda “Oʻzbekkino“ milliy agentligi hamda mazkur ijodiy tashkilot oʻrtasidagi hamkorlikni kengaytirish va mustahkamlashga oid fikr-mulohazalar bildirildi. Ikki davlat kinoijodkorlari hamkorligida kino sohasida bir qator loyihalarni amalga oshirishga kelishib olindi.
 
Shu kuni Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutida AQSH kinoijodkori Daniel Tutt ishtirokida talabalar uchun mahorat saboqlari, ijodiy uchrashuvlar ham oʻtkazildi.
 

N.Usmonova, OʻzA

Поделиться