O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Oʻzbekiston delegatsiyasi Saudiya Arabistoni Haj ishlari vaziri bilan uchrashdi
2019-01-23 | Jamiyat
“Haj” va “Umra” tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish masalalari boʻyicha Jamoatchilik kengashi raisi Jasur Akramov boshchiligidagi delegatsiya aʼzolari Saudiya Arabistoni Haj ishlari vaziri bilan uchrashdi.
Shuningdek uchrashuvda Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari, Din ishlari boʻyicha qoʻmita ziyorat turizmni rivojlantirish boʻlimi boshligʻi Hamidbek Hasanov, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi Xalqaro aloqalar boʻlimi bosh mutaxassisi Abdulhakim Aripov va Oʻzbekiston musulmonlari idorasi boʻlim boshligʻi Rustam Jamilov ishtirok etdi.
Ushbu uchrashuv yakunlariga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi va Saudiya Arabistoni Podshohligi oʻrtasida Haj shartnomasi imzolandi va xaj tartibotlari va jadvali boʻyicha Oʻzbekiston hojilarini harakatlanishi yuzasidan barcha masalalar muhokama etildi.
Uchrashuvdan soʻng ikki mamlakat vakillari ishtirokida ommaviy axborot vositalari uchun Matbuot anjumani tashkil etildi.
Shuni taʼkidlab oʻtish joizki uchrashuv chogʻida haj vaziri Oʻzbekiston haj ishlarini tashkillashtirish boʻyicha hech qanday eʼtirozlar yoʻqligi aksincha, barcha tashkiliy ishlar oʻz vaqtida va oʻrnida hal qilinayotganligini eʼtirof etdi.