O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Suv xoʻjaligi vazirligining 2018-yil yakunlari va kelgusidagi ustuvor vazifalarga bagʻishlangan hayʼat majlisi boʻlib oʻtdi

2019-01-21 | Jamiyat

Hayʼat majlisini Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vaziri Sh.Xamrayev kirish soʻzi bilan ochib, Yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyev boshchiligida mamlakatimiz iqtisodiyotining barcha jabhalari singari suv xoʻjaligi tizimida ham islohotlarni yanada jadallashtirish, mavjud suv resurslaridan maqsadli va oqilona foydalanish, yerlarning meliorativ holati yaxshilash va barqarorligini taʼminlash, irrigatsiya va melioratsiya tizimlari, suv omborlari, nasos stansiyalari hamda boshqa suv xoʻjaligi va gidrotexnika inshootlarining faoliyati samaradorligini oshirish, suvdan foydalanuvchilar hamda suv isteʼmolchilarining suvdan foydalanish madaniyatini yuksaltirish kabi sohalarda keng koʻlamli ishlar amalga oshirilib, eʼtiborga molik natijalarga erishilayotganligini taʼkidladi.

Majlis kun tartibidagi masalalar yuzasidan vazir oʻrinbosarlari, tizim tashkilotlari rahbarlarining hisobotlari hamda soha faxriylarining taklif va tavsiyalari eshitildi.

Majlisda qayd etildiki, 2018-yil davomida vazirlik tizimidagi sanoat korxonalari tomonidan 32 545,7 mln. soʻmlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilib, oʻtgan yilning shu davriga nisbatan oʻsish surʼati 87,1 foizni tashkil etgan, 1194 dona turli rusumdagi nasos agregatlari hamda 5 706,3 mln. soʻmlik ehtiyot qismlar va rotorlar ishlab chiqarilgan, shuningdek, 1 220,6 mln. soʻmlik nasos agregatlari kapital taʼmirlangan, davlat dasturi doirasida 583,5 mln. soʻmlik 6 dona D3200-75 rusumdagi nasoslar ishlab chiqarilgan, shuningdek, sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamgʻarmasi tomonidan ajratilgan mablagʻlar hisobidan 753,8 km uzunlikdagi ochiq va 275,0 km yopiq-yotiq kollektor-drenaj tarmoqlari, 3 dona meliorativ nasos stansiyasi, 104 dona meliorativ tik quduqlar, 90 dona gidrotexnik inshootlarni qurish va rekonstruksiya qilish hamda 13030,9 km uzunlikda ochiq, 874,5 km yopiq-yotiq kollektor-drenaj tarmoqlarini, 10 dona meliorativ nasos stansiyalarni, 549 dona tik quduqlarini, 1257 dona kuzatuv quduqlari, 40 dona suv oʻlchash joylarini, 17 dona akveduklarni va 1017 dona quvurli oʻtish joylarini taʼmirlash tiklash ishlari amalga oshirilgan.

Tanqidiy-tahliliy ruhda oʻtgan majlisda tizimda oʻtgan yilda yoʻl qoʻyilgan xato va kamchiliklar, boy berilgan imkoniyatlar atroflicha muhokama qilinib, kelgusida bunday holatlarga yoʻl qoʻymaslik, belgilangan vazifa va topshiriqlarning ijrosini oʻz muddatida va sifatli bajarilishini taʼminlash borasida amalga oshirilishi lozim boʻlgan aniq vazifalar belgilab olindi.

Hayʼat majlisida koʻrib chiqilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

Поделиться