O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
“Galaktika” korporatsiyasi vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi
2019-01-21 | Jamiyat
Toshkent shahar hokimligida Rossiya Federatsiyasining “Galaktika” korporatsiyasi vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Uchrashuv avvalida Davlat rahbarlari tashabbusi bilan Oʻzbekiston va Rossiya aloqalari rivojlanib borayotgani taʼkidlandi.
Xususan, hududlararo biznes forumlarning oʻtkazib borilayotgani tomonlar uchun manfaatli kechayotgani qayd etildi. Muzokaralarda kommunal xizmat koʻrsatish sohasida yagona dispetcherlik xizmati faoliyatini takomillashtirish va xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlarni yagona elektron tizimga oʻtkazish masalalari koʻrib chiqildi.
Shuningdek, elektron tizimga oʻtishning qulayliklari yuzasidan atroflicha fikr almashildi.