O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Erkinjon Turdimov Senat aʼzoligiga saylandi
2019-01-25 | Jamiyat
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2019-yil 18-yanvardagi qaroriga asosan, 25-yanvar kuni viloyat hokimligi katta majlislar zalida xalq deputatlari Samarqand viloyati, tuman va shahar Kengashlari deputatlarining boʻshab qolgan oʻringa Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati aʼzosi saylovi boʻyicha qoʻshma majlisi boʻlib oʻtdi.
Qoʻshma majlisni Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Raisi M.Abdusalomov ochdi.
Majlisda viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatlari, faollar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari qatnashdi.
Yigʻilish oqsoqollar kengashi tomonidan Oliy Majlis Senati aʼzoligiga nomzod taklif etildi. Deputatlar nomzod boʻyicha oʻz munosabatlarini bildirdi.
Shundan soʻng Oliy Majlis Senati aʼzosi saylovi amaldagi qonun hujjatlari talablari asosida uyushqoqlik bilan oʻtkazildi.
Yashirin ovoz berish natijalariga koʻra, 7-Istiqlol saylov okrugidan Samarqand viloyati Kengashi deputati, Samarqand viloyati hokimi Turdimov Erkinjon Oqboʻtayevich Oliy Majlis Senati aʼzosi etib saylandi.